Ayol rahbarlar ishtirokidagi sammitda Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

© SputnikParlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti
Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Sammit COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga doir masalalar yuzasidan rahbar ayollar o‘rtasida fikr almashish uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘tadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqida Oliy Majlis Senati matbuot xizmati raxbari Hojiakbar To‘laganov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Bugun sammit o‘z ishini “Barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan gender masalalariga yo‘naltirilgan parlamentlar" mavzusidagi maxsus segment majlisi bilan davom ettirdi.
Majlisni Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva o‘z so‘zida O‘zbekistonda ham gender tengligi bo‘yicha ishlar "Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi" degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Sammit COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga doir masalalar yuzasidan rahbar ayollar o‘rtasida fikr almashish, raqamli makonda inson huquqlari himoyasini va gender tenglikni ta’minlash uchun tartibga solish usullari va taktikasini ishlab chiqish yoki qayta ko‘rib chiqish uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘tagani ta’kidlab o‘tildi.
Sammit parlamentlarning gender masalalarga javob berishga, xavf-xatarlarni oldindan ko‘ra bilishga, tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni samaraliroq ta’minlashga tayyorligi va bunga qodirligini sarhisob qilish imkoniyatini yaratgani ham qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 8-sentabr kuni Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti boshlangandi. Unda BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0