https://oz.sputniknews.uz/20220907/senatning-ottiz-ikkinchi-yalpi-majlisi-13-sentyabr-kuni-chaqiriladi-27852717.html
Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisi 13-sentabr kuni chaqiriladi
Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisi 13-sentabr kuni chaqiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Senatorlar Elektron tijorat, Tashqi mehnat migratsiyasi, Elektron raqamli imzo, Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqishadi. 07.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-07T15:29+0500
2022-09-07T15:29+0500
2022-09-07T15:29+0500
siyosat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
senatorlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27852956_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_72c5f0ce50952191cd745d9404a372f9.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisi 13-sentabr kuni chaqiriladi.Yalpi majlisda senatorlar Oliy Majlis Senati Raisi o‘rinbosari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishadi.Muhokama etiladigan qonunlar:Shuningdek, majlisda Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yil I yarim yilligi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, shuningdek, Tashqi ishlar vazirining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.Senatorlar, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining hamda Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqishadi.Kun tartibidan shuningdek, Boyovut, Qarshi, Olot, Bo‘ston va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalarini muhokama qilish ham o‘rin olgan.Yalpi majlisda davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022-yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holatini ko‘rib chiqish ham kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27852956_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_3c20705b3fa7eca2d88fb5bc85033904.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston oliy majlisi senati, senatorlar
siyosat, o‘zbekiston oliy majlisi senati, senatorlar
Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisi 13-sentabr kuni chaqiriladi
Senatorlar Elektron tijorat, Tashqi mehnat migratsiyasi, Elektron raqamli imzo, Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisi 13-sentabr kuni
chaqiriladi. Yalpi majlisda senatorlar Oliy Majlis Senati Raisi o‘rinbosari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishadi.
Muhokama etiladigan qonunlar:
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi;
“Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi;
“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi.
Shuningdek, majlisda Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yil I yarim yilligi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, shuningdek, Tashqi ishlar vazirining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.
Senatorlar, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining hamda Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqishadi.
Kun tartibidan shuningdek, Boyovut, Qarshi, Olot, Bo‘ston va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalarini muhokama qilish ham o‘rin olgan.
Yalpi majlisda davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022-yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holatini ko‘rib chiqish ham kutilmoqda.