Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Asatur YesayansStarinnaya rukopis
Starinnaya rukopis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Davlat reyestriga 1950-yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri yuritiladi. Bu haqida Hukumatning 498-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan.
Davlat reyestri qadimiy yozma manbalarni hisobga olish va ularning saqlanishini nazoratga oluvchi hujjat hisoblanadi.
Davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, unga 1950-yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
Muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari o‘zlaridagi yozma manbalarga oid ma’lumotlarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa shaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.
Yozma manba ro‘yxatdan o‘tkazilganda guvohonma beriladi.
Yozma manbalar o‘g‘irlanganda, yo‘qotilganda 1 ish kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar berilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0