O‘zbek tilida bo‘lishi shart: Reklama to‘g‘risida yangi qonun kuchga kiradi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishReklama banneri
Reklama banneri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
“Geotarget reklama” jahon standartlariga muvofiq, boshqa tillarda ham tarqatilishi mumkin, lekin mamlakat hududida albatta o‘zbek tilida ham yaratilishi nazorat qilinadi.
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 8-sentabrdan reklama to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kiradi. Unda mamlakat hududi tarqatilayotgan reklama albatta davlat tilida ham bo‘lishi belgilangan.
Ushbu mavzuda Sputnik muxbiri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining raisi Ilhom Abdullayev bilan suhbat qildi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, bundan buyon O‘zbekiston hududida tarqatilayotgan reklama yangi qonun talablariga javob berishi kerak.
"Ya’ni, yaratilayotgan reklama mahsuloti davlat tilida, tushunarli va ravon bo‘lishi talab etiladi. Reklama mahsuloti targ‘ibotida boshqa brend ostidagi vositalarni kamsitmagan holda targ‘ib qilinishi, sifatli va foydali kontent sifatida e’tirof etilishi muhim", - deydi mutaxassis.
Ma’lumki, har qanday reklama paydo bo‘lishida 3 ta asosiy subyekt mavjud: buyurtmachi, ijrochi va tarqatuvchi. Yangi qonunga ko‘ra ularning barchasi xo‘jalik shartnomalari orqali bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi.

“Geotarget reklama”da ham reklama mahsulotlari mamlakat hududida albatta o‘zbek tilida yaratilishi nazorat qilinadi. So‘ng, jahon standartlariga ko‘ra, boshqa tillarda tarqatilishi mumkin. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham reklama mahsulotlari rasman tarqatilayotganda davlat tiliga ahamiyat berish talab etiladi.

Masalan, tadbirkor kir yuvish kukuni reklamasi uchun xalqaro kompaniyaga buyurtma qilsa, bu kompaniya reklama mahsulotini tayyorlaydi va ijtimoiy maydon uchun sotuvga chiqaradi. Agar reklama internet tarmoqlariga chiqsa, IP adres orqali O‘zbekistonda ham paydo bo‘ladi.

Agar reklama mahsuloti o‘zbekistonliklar diqqatini tortish uchun ishlab chiqarilsa, u holda bitta subyekt O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim. Bu xo‘jalik subyektlari orasida adolatli va haqqoniy faoliyat yuritilishini ta’minlaydi.

Ya’ni, xorijiy reklama mahsulotini ishlab chiqarayotgan kompaniya uni mamlakat hududida tarqatmoqchi bo‘lsa, albatta bir tomon o‘zbekistonlik tadbirkor bo‘lishi talab etiladi, - deydi mutaxassis.
Eslatib zamiz, joriy yilning 7-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunni imzolagan edi va ushbu qonun 8-sentabrdan kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0