https://oz.sputniknews.uz/20220907/otm-xodimlari-talabalarni-ijara-uyga-joylashtirdi-27838519.html
OTM xodimlari talabalarni ijara uyga joylashtirdi
OTM xodimlari talabalarni ijara uyga joylashtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni paytda respublika bo‘yicha jami 26009 nafar talaba yotoqxonaga joylashtirildi. 07.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-07T09:43+0500
2022-09-07T09:43+0500
2022-09-07T09:43+0500
jamiyat
talabalar
ijara
ta’lim
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27838674_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b4155c5b7a05ec91a16535b1ecdc87c5.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Oliy ta’lim vazirligi xodimlari 50 ga yaqin talabani ijara uyiga joylashtirdi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xabar berdi.Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ijaraga uy qidirib yurgan talabalarni muammolarini o‘rganish va yaqindan yordam berish uchun markaz xodimlari Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan "uy bozori”da bo‘lishdi.“Bu jarayon talabalar to‘liq turar joylar bilan ta’minlangunga qadar doimiy vazirlik nazoratida bo‘ladi”, deyiladi xabarda.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi ko‘pchilik talabalarning yotoqxona yoki ijaraga joylasha olmayotgani bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotgani kun tartibidagi dolzarb masala bo‘lmoqda.“Kunduzgi ta’lim shaklida talabalar turar joylari mavjud OTMda jami 477 ming 388 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 83 ming 672 nafarini talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan”, deyiladi xabarda.Ayni paytda respublika bo‘yicha jami 26009 nafar talaba yotoqxonaga joylashtirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27838674_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_94240b80e5938240420d0806d855d9ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, ijara, ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
jamiyat, talabalar, ijara, ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
OTM xodimlari talabalarni ijara uyga joylashtirdi
Ayni paytda respublika bo‘yicha jami 26009 nafar talaba yotoqxonaga joylashtirildi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Oliy ta’lim vazirligi xodimlari 50 ga yaqin talabani ijara uyiga joylashtirdi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xabar
berdi. Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ijaraga uy qidirib yurgan talabalarni muammolarini o‘rganish va yaqindan yordam berish uchun markaz xodimlari Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan "uy bozori”da bo‘lishdi.
Tashrif davomida talabalarning turar joy bo‘yicha muammolari o‘rganildi. Natijada O‘zMU, TDShU, TMI, TTA, O‘zDSMI, TDTU, O‘zDJTU, TDTrU, TDPU va yana bir qancha OTM talabalarining 50ka yaqini ijaraga joylashtirildi.
“Bu jarayon talabalar to‘liq turar joylar bilan ta’minlangunga qadar doimiy vazirlik nazoratida bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi ko‘pchilik talabalarning yotoqxona yoki ijaraga joylasha olmayotgani bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotgani kun tartibidagi dolzarb masala bo‘lmoqda.
“Kunduzgi ta’lim shaklida talabalar turar joylari mavjud OTMda jami 477 ming 388 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 83 ming 672 nafarini talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda respublika bo‘yicha jami 26009 nafar talaba yotoqxonaga
joylashtirildi.