https://oz.sputniknews.uz/20220907/migratsiya-agentligi-fuqarolarni-rossiyaga-noqonuniy-yuborayotgan-tashkilotdan-ogohlantirdi-27856839.html
Migratsiya agentligi fuqarolarni Rossiyaga noqonuniy yuborayotgan tashkilotdan ogohlantirdi
Migratsiya agentligi fuqarolarni Rossiyaga noqonuniy yuborayotgan tashkilotdan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Agentlik fuqarolar noqonuniy ishlayotgan “Resurs Kapital” tashkiloti ustidan shikoyat qilayotganini ma’lum qildi. 07.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-07T17:27+0500
2022-09-07T17:27+0500
2023-04-05T18:39+0500
migratsiya
migratsiya
migrantlar
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20964868_260:365:2270:1496_1920x0_80_0_0_5eda524ca2491e51cfeaf2bb003b9cf8.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga noqonuniy yuborayotgan tashkilotdan ogohlantirdi.Agentlik xabariga ko‘ra, ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda “Resurs Kapital” tashkiloti tomonidan fuqarolar Rossiyaga ishga jo‘natilishi haqida e’lonlar berilmoqda. Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish esa O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.Ta’kidlanishicha, “Resurs Kapital” fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish uchun litsenziya olmagan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga fuqarolardan ushbu tashkilot ustidan ko‘plab shikoyatlar kelmoqda. Agentlik bu tashkilot faoliyati noqonuniyligini eslatib o‘tgan.“Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu xizmat bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda qonunchilikka rioya qilishni, fuqarolardan esa firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslikni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni so‘rab, ogohlikka chaqirgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20964868_319:347:2359:1877_1920x0_80_0_0_aa6c0a405d4cbfb4740e7eb354f6fbf3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migratsiya, migrantlar, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
migratsiya, migratsiya, migrantlar, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
Migratsiya agentligi fuqarolarni Rossiyaga noqonuniy yuborayotgan tashkilotdan ogohlantirdi
17:27 07.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Agentlik fuqarolar noqonuniy ishlayotgan “Resurs Kapital” tashkiloti ustidan shikoyat qilayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga noqonuniy yuborayotgan tashkilotdan ogohlantirdi.
Agentlik
xabariga ko‘ra, ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda “Resurs Kapital” tashkiloti tomonidan fuqarolar Rossiyaga ishga jo‘natilishi haqida e’lonlar berilmoqda. Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish esa O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, “Resurs Kapital” fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish uchun litsenziya olmagan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga fuqarolardan ushbu tashkilot ustidan ko‘plab shikoyatlar kelmoqda. Agentlik bu tashkilot faoliyati noqonuniyligini eslatib o‘tgan.
“Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu xizmat bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda qonunchilikka rioya qilishni, fuqarolardan esa firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslikni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni so‘rab,
ogohlikka chaqirgan edi.