Marg‘ilonga Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda

© Sputnik Stas EtveshTorgovo-ekonomicheskaya yarmarka-vistavka SUGD 2017
Torgovo-ekonomicheskaya yarmarka-vistavka SUGD 2017 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Bugun Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy boshchiligida Xalqaro baholash komissiyasi Farg‘onaga keladi. Ular milliy matolar to‘qimachiligi va tayyorlash jarayonlari hamda savdo rastalari bilan tanishishadi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Marg‘ilonga Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda. Bu haqida Farg‘ona viloyati hokimligi matubot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Marg‘ilonda 20-22 oktabr kunlari “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tadi. Ushbu festivalda Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.

“Bugun Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy, Kengashning Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi bosh kotibi, vitse-prezident Aziz Murtazayev hamda professor Asif Shayxdan iborat Xalqaro baholash komissiyasi Farg‘onaga keladi”, deydi Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Djumabayev.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Marg‘ilon shahriga Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan beriladigan Hunarmandlar shahri maqomini olish bo‘yicha topshirilgan ariza yuzasidan o‘rganish olib borishdan iborat.
O‘rganish davomida milliy matolar to‘qimachiligi va tayyorlash jarayonlarihamda milliy matolar savdo rastalari bilan tanishiladi. Shuningdek, gilamdo‘zlik va kashtachilik ustaxonalari ham ko‘zdan kechiriladi.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladigan “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali Marg‘ilon ipakchiligining dovrug‘ini dunyoga tanitish, hunar va san’atga mehri baland insonlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0