Biz hech narsa yo‘qotmadik va hech narsa yo‘qotmaymiz – Putin

Obuna bo‘lish
Putin Rossiya Federatsiyasi Ukrainada harbiy amaliyotlarni boshlamaganini, aksincha, ularni tugatishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumda maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya nimaga erishgani va nima yo‘qotgani haqidagi savolga javob berdi.
“Ishonchim komilki, biz hech narsa yo‘qotmadik va hech narsa yo‘qotmaymiz. Erishganlarimiz borasida shuni aytishim mumkinki, asosiy yutuq suverenitetimizning mustahkamlanishidir. Albatta, dunyoda ham, mamlakat ichida ham ma’lum bir qutblanish mavjud. Ishonchim komilki, bu faqat foyda keltiradi: keraksiz, zararli va bizni oldinga siljishimizga xalaqit beradigan hamma narsa rad etiladi, biz rivojlanish sur’atiga ega bo‘lamiz”, dedi Putin.
Putin Rossiya Federatsiyasi Ukrainada harbiy amaliyotlarni boshlamaganini, aksincha, ularni tugatishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0