https://oz.sputniknews.uz/20220907/bir-guruh-davlat-xizmatchilari-milliy-kadrlar-zahirasiga-tanlab-olindi-27839000.html
Bir guruh davlat xizmatchilari Milliy kadrlar zaxirasiga tanlab olindi
Bir guruh davlat xizmatchilari Milliy kadrlar zaxirasiga tanlab olindi
Sputnik O‘zbekiston
Milliy kadrlar zaxirasiga olinganlar uchun qo‘shimcha o‘quv dasturlari vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijiy stajirovka tashkil etiladi. 07.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-07T10:09+0500
2022-09-07T10:09+0500
2022-09-07T10:10+0500
jamiyat
davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/179/05/1790541_0:0:1501:844_1920x0_80_0_0_cf325d9d3c3ae86a2df4a3495fceef50.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Hududlarda maxsus tashkil qilingan komissiya tanlovi natijasida 761 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga olindi, deb xabar qilmoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, 761 nafar nomzod kelajakda 246ta lavozimda ishlash uchun rejalashtirilgan. Har bir lavozimga o‘rtacha 3 nafardan nomzod. Agentlik tomonidan tanlab olingan nomzodlar uchun masofaviy kurslar, vazirlik va idoralarda amaliyotlar o‘tkazish hamda xorijiy stajirovka tashkil etish rejalashtirilgan.Milliy kadrlar zaxirasiga kadrlar tanlashda hududlarda maxsus tashkil qilingan komissiyalar tomonidan 3 bosqichda bo‘lib o‘tgan. Dastlab 2500 nafar davlat xizmatchilarining belgilangan malaka talablariga mosligi o‘rganib chiqildi.Shundan so‘ng malaka talablariga mos kelgan nomzodlarning bilimi va intellektual salohiyati, shuningdek, shaxsiy sifatlari hamda psixologik holatini aniqlashga qaratilgan test sinovlari o‘tkazildi.So‘nggi bosqichda, nomzodlarning kompetensiyalarini baholash maqsadida hududiy komissiyalar va ishchi guruh ishtirokida 1 300 dan ortiq nomzod bilan suhbatlar tashkil etildi, deyiladi xabarda.Xabarda aytilishiga ko‘ra, Milliy kadrlar zaxirasi — davlat fuqarolik xizmatida rahbar kadrlar tarkibining barqarorligi va sifatini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda xizmatchilarni lavozim bo‘yicha ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/179/05/1790541_174:0:1299:844_1920x0_80_0_0_087f1d1fa6b5d323263f3e3edd2d8dad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
jamiyat, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Bir guruh davlat xizmatchilari Milliy kadrlar zaxirasiga tanlab olindi
10:09 07.09.2022 (yangilandi: 10:10 07.09.2022) Milliy kadrlar zaxirasiga olinganlar uchun qo‘shimcha o‘quv dasturlari vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijiy stajirovka tashkil etiladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Hududlarda maxsus tashkil qilingan komissiya tanlovi natijasida 761 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga olindi, deb
xabar qilmoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 761 nafar nomzod kelajakda 246ta lavozimda ishlash uchun rejalashtirilgan. Har bir lavozimga o‘rtacha 3 nafardan nomzod.
Agentlik tomonidan tanlab olingan nomzodlar uchun masofaviy kurslar, vazirlik va idoralarda amaliyotlar o‘tkazish hamda xorijiy stajirovka tashkil etish rejalashtirilgan.
Milliy kadrlar zaxirasi tashkil qilishdan maqsad — rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olish, milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish, deyilgan xabarda.
Milliy kadrlar zaxirasiga kadrlar tanlashda hududlarda maxsus tashkil qilingan komissiyalar tomonidan 3 bosqichda bo‘lib o‘tgan. Dastlab 2500 nafar davlat xizmatchilarining belgilangan malaka talablariga mosligi o‘rganib chiqildi.
Shundan so‘ng malaka talablariga mos kelgan nomzodlarning bilimi va intellektual salohiyati, shuningdek, shaxsiy sifatlari hamda psixologik holatini aniqlashga qaratilgan test sinovlari o‘tkazildi.
So‘nggi bosqichda, nomzodlarning kompetensiyalarini baholash maqsadida hududiy komissiyalar va ishchi guruh ishtirokida 1 300 dan ortiq nomzod bilan suhbatlar tashkil etildi, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Milliy kadrlar zaxirasi — davlat fuqarolik xizmatida rahbar kadrlar tarkibining barqarorligi va sifatini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda xizmatchilarni lavozim bo‘yicha ko‘tarish uchun xizmat qiladi.