https://oz.sputniknews.uz/20220906/xitoyda-robot-ilk-bor-kompaniya-bosh-direktori-etib-tayinlandi-27813010.html
Xitoyda robot ilk bor kompaniya bosh direktori etib tayinlandi
Xitoyda robot ilk bor kompaniya bosh direktori etib tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tang Yuy kundalik vazifalarda oqilona qarorlar qabul qilishga yordam beradi va risklarni boshqarishning yanada samarali tizimini ta’minlaydi. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T10:15+0500
2022-09-06T10:15+0500
2022-09-06T10:15+0500
dunyoda
xitoy
robot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27809048_0:209:2048:1361_1920x0_80_0_0_0dda1f47c3b0ac027d58366942fb30fb.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Xitoydagi NetDragon Websoft kompaniyasi Tan Yuy ismli sun’iy intellektga asoslangan virtual gumanoid robotni bosh direktor etib tayinladi. Metro nashri xabar berishicha, bu tarixda birinchi marta sodir bo‘ldi.Bosh direktor sifatida robot mobil ilova va onlayn o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning “tashkiliy bo‘limi va samaradorligi”ni boshqaradi. U boshqaruv lavozimidagi dunyodagi birinchi robotga aylanadi.Shuningdek , Tan Yuy Xitoyning taniqli o‘yin va metaverse kompaniyasining faoliyatini nazorat qiladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, robot ish vazifalari sifati va ularni amalga oshirish tezligini oshirishi kerak. Bundan tashqari, u real vaqt rejimida ma’lumotni jamlash va tahliliy vosita sifatida ishlatiladi. Kompaniya Tang Yuy kundalik vazifalarda oqilona qarorlar qabul qilishga yordam beradi va risklarni boshqarishning yanada samarali tizimini ta’minlaydi, deb hisoblaydi.Bundan tashqari, robot iste’dodlarni rivojlantirishga yordam beradi va barcha xodimlarni adolatli va samarali ish joyi bilan ta’minlaydi. Kelajakda korxona Tang Yuy asosidagi algoritmlarni кўпайтирмоқчи.NetDragon Websoft bunday yo‘l bilan ochiq, interaktiv va shaffof boshqaruv modelini yaratishga ishonchi komil, shuning uchun ular asta-sekin metaverse asosida ishlashga intilmoqda.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27809048_0:17:2048:1553_1920x0_80_0_0_45209a7d2f59c5e2d69eb89c112aae46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, robot
Xitoyda robot ilk bor kompaniya bosh direktori etib tayinlandi
Tang Yuy kundalik vazifalarda oqilona qarorlar qabul qilishga yordam beradi va risklarni boshqarishning yanada samarali tizimini ta’minlaydi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Xitoydagi NetDragon Websoft kompaniyasi Tan Yuy ismli sun’iy intellektga asoslangan virtual gumanoid robotni bosh direktor etib tayinladi. Metro nashri xabar berishicha, bu tarixda birinchi marta sodir
bo‘ldi. Bosh direktor sifatida robot mobil ilova va onlayn o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning “tashkiliy bo‘limi va samaradorligi”ni boshqaradi. U boshqaruv lavozimidagi dunyodagi birinchi robotga aylanadi.
Shuningdek , Tan Yuy Xitoyning taniqli o‘yin va metaverse kompaniyasining faoliyatini nazorat qiladi.
"Biz sun’iy intellekt korporativ boshqaruvning kelajagi ekanligiga ishonamiz va Tan Yuyni tayinlashimiz biznes yuritish uslubimizni o‘zgartirish va nihoyat kelajakdagi strategik o‘sishimizni ta’minlash uchun sun’iy intellektdan foydalanishga sodiqligimizni ko‘rsatadi", deydi NetDragon Websoft bosh direktori Deszan Lyu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, robot ish vazifalari sifati va ularni amalga oshirish tezligini oshirishi kerak. Bundan tashqari, u real vaqt rejimida ma’lumotni jamlash va tahliliy vosita sifatida ishlatiladi. Kompaniya Tang Yuy kundalik vazifalarda oqilona qarorlar qabul qilishga yordam beradi va risklarni boshqarishning yanada samarali tizimini ta’minlaydi, deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, robot iste’dodlarni rivojlantirishga yordam beradi va barcha xodimlarni adolatli va samarali ish joyi bilan ta’minlaydi. Kelajakda korxona Tang Yuy asosidagi algoritmlarni ko‘paytirmoqchi.
NetDragon Websoft bunday yo‘l bilan ochiq, interaktiv va shaffof boshqaruv modelini yaratishga ishonchi komil, shuning uchun ular asta-sekin metaverse asosida ishlashga intilmoqda.