https://oz.sputniknews.uz/20220906/toshkent-osiyo-bolalari--27829233.html
Toshkentda “Osiyo bolalari” xalqaro ko‘cha o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin
Toshkentda “Osiyo bolalari” xalqaro ko‘cha o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
"Osiyo bolalari" o‘yinlari xalqaro qo‘mitasi raisi Toshkent hokimiga 2023-yilda xalqaro musobaqani qabul qilish taklifini bildirdi. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T20:55+0500
2022-09-06T20:55+0500
2022-09-06T20:55+0500
sport
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27829071_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_c2f66c15e667e2fc0d22bfe94e2bb7c0.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev "Osiyo bolalari" o‘yinlari xalqaro qo‘mitasi raisi Vladimir Maksimov bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Maksimov qo‘mita kelgusi yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, yangi – "Osiyo bolalari" ko‘cha o‘yinlari loyihasini ishlab chiqqanini ma’lum qildi.Uning doirasida o‘yinlarni qabul qiluvchi shahar beshta asosiy o‘yinga qo‘shimcha tarzda uchtagacha milliy ko‘cha o‘yinlarini kiritishni taklif qilishi mumkin.Sentabr oyida arizalar qabuli boshlanishi va dekabrda yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Maksimov Ortiqxo‘jayevga Toshkent nomidan ariza yuborish va 2023-yilda musobaqani qabul qilish taklifini bildirdi.Ma’lumot uchun, "Osiyo bolalari" Xalqaro o‘yinlari qo‘mitasi 10-yil oldin tashkil qilingan. Qo‘mita faoliyati Osiyo qit’asida O‘yinlarni yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish, sermahsul hamkorlikni targ‘ib etish va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan.Har yili qo‘mita 45 ta Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning Osiyo qit’asi hududida joylashgan shaharlaridan kelgan bolalar va o‘smirlar uchun basketbol, breyking, vorkaut, skeytbording va graffiti bo‘yicha musobaqalarini tashkillashtiradi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bu yil Vladivostokda bo‘lib o‘tgan “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yosh o‘zbekistonlik sportchilar o‘yinlarda 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza, jami 114 ta medal jamg‘arishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27829071_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_ded1adb15bb5e32a15e3da1b3a5eae96.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, toshkent
Toshkentda “Osiyo bolalari” xalqaro ko‘cha o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin
"Osiyo bolalari" o‘yinlari xalqaro qo‘mitasi raisi Toshkent hokimiga 2023-yilda xalqaro musobaqani qabul qilish taklifini bildirdi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev "Osiyo bolalari" o‘yinlari xalqaro qo‘mitasi raisi Vladimir Maksimov bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Maksimov qo‘mita kelgusi yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, yangi – "Osiyo bolalari" ko‘cha o‘yinlari loyihasini ishlab chiqqanini ma’lum qildi.
Uning doirasida o‘yinlarni qabul qiluvchi shahar beshta asosiy o‘yinga qo‘shimcha tarzda uchtagacha milliy ko‘cha o‘yinlarini kiritishni taklif qilishi mumkin.
Sentabr oyida arizalar qabuli boshlanishi va dekabrda yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Maksimov Ortiqxo‘jayevga Toshkent nomidan ariza yuborish va 2023-yilda musobaqani qabul qilish taklifini bildirdi.
Ma’lumot uchun, "Osiyo bolalari" Xalqaro o‘yinlari qo‘mitasi 10-yil oldin tashkil qilingan. Qo‘mita faoliyati Osiyo qit’asida O‘yinlarni yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish, sermahsul hamkorlikni targ‘ib etish va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan.
Har yili qo‘mita 45 ta Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning Osiyo qit’asi hududida joylashgan shaharlaridan kelgan bolalar va o‘smirlar uchun basketbol, breyking, vorkaut, skeytbording va graffiti bo‘yicha musobaqalarini tashkillashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bu yil Vladivostokda bo‘lib o‘tgan “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni
qo‘lga kiritdi. Yosh o‘zbekistonlik sportchilar o‘yinlarda 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza, jami 114 ta medal jamg‘arishdi.