https://oz.sputniknews.uz/20220906/takeshi-kitano-toshkent-kino-festivalining-maxsus-mehmoni-boladi-27813339.html
Takeshi Kitano Toshkent kino festivalining maxsus mehmoni bo‘ladi
Takeshi Kitano Toshkent kino festivalining maxsus mehmoni bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Rejissor va aktor kino festivalga o‘zining eng yaxshi ishini olib keladi. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T11:12+0500
2022-09-06T11:12+0500
2022-09-06T11:12+0500
madaniyat
“ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27806801_0:0:2943:1655_1920x0_80_0_0_9b65278db47eba378e860486ece7cbd9.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rejissor va aktor Takeshi Kitano Toshkent kino festivalining maxsus mehmoni bo‘ladi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.Kitano kinoforum doirasidagi ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etadi, shuningdek, tomoshabinlarga o‘zining eng mashhur kartinalaridan biri – "Sonatina"ni taqdim etadi. Mazkur kartina ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan va haqli ravishda rejissorning eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi.Namoyish 17-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan Butunjahon kino kunlari doirasida bo‘lib o‘tadi. Namoyish tugallangach, film rejissori bilan birgalikda drama muhokamasi bo‘lib o‘tadi.Ma’lumot uchun, “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti doirasida Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi o‘tkaziladi.Kinofestivalning asosiy tadbirlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, hududlarda “Jahon kinosi kunlari”, o‘zbek va jahon kinosi yulduzlari bilan uchrashuvlar, kinoforumlar, talabalar uchun “Kino 5 kun ichida” loyihasi, mahorat darslari, fotosessiya va yangi filmlarning premeralari bo‘lib o‘tadi.Kinofestivalga Takeshi Kitanodan tashqari Rossiya xalq artistlari Vladimir Xotinenko, Viktor Verjbitskiy, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artistlar Aleksandr Fedorov, Stanislav Sokolov, ssenariy muallifi Arkadiy Inin, kinoshunos Tatana Yakovleva va boshqalar tashrif buyurishadi.Qolaversa, Turkiyaning mashhur kinoaktori, “Qora sevgi” seriali bilan tanilgan Kaan Urganjio‘g‘li va dunyoga mashhur “Garri Potter” filmi produseri Martin Smit ham tashrif buyuradi.Unda Chet el filmlarining premyerasidan tashqari o‘zbek tomoshabinlariga 12 ta mashhur mahalliy filmlarni tomosha qilish taklif etiladi: “Ayol qalbi” (J. Po‘latova) ijtimoiy dramasi, “Bir kunlik to‘y” (Sh. Rasulov) komediyasi, “Kim deyay seni” (K. Kamalova), “Ayol qismati” (D. Masaidov), “Muxabbat bahori” (I. Rasulov) sevgi qissasi, "Avf" (Z. Jurayeva), "Talvasa" (M. Inog‘onov) dramalari, “Samarqandda qovun tarovati” (A. Hamroyeva) lirik komediyasi, “Dada degin”, "Bardosh" (M. Abdulxairov) ijtimoiy dramasi, "101-reys" (A. Shoxnazarov) psixologik trilleri.Premyeralar geografiyasi deyarli butun mamlakatni qamrab oladi: mahalliy tomoshabinlar va kinofestival mehmonlari uchun Buxoro, Urganch, Jizzax, Qarshi, Shahrisabz, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Guliston shaharlarida namoyishlar o‘tkaziladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27806801_134:0:2863:2047_1920x0_80_0_0_58a72c10294252ed9ce957982ebe4dad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
madaniyat, “ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali, toshkent
madaniyat, “ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali, toshkent
Takeshi Kitano Toshkent kino festivalining maxsus mehmoni bo‘ladi
Rejissor va aktor kino festivalga o‘zining eng yaxshi ishini olib keladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rejissor va aktor Takeshi Kitano Toshkent kino festivalining maxsus mehmoni bo‘ladi. Bu haqida
Sputnik muxbiri xabar berdi.
Kitano kinoforum doirasidagi ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etadi, shuningdek, tomoshabinlarga o‘zining eng mashhur kartinalaridan biri – "Sonatina"ni taqdim etadi. Mazkur kartina ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan va haqli ravishda rejissorning eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi.
Namoyish 17-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan Butunjahon kino kunlari doirasida bo‘lib o‘tadi. Namoyish tugallangach, film rejissori bilan birgalikda drama muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti doirasida Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Kinofestivalning asosiy tadbirlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, hududlarda “Jahon kinosi kunlari”, o‘zbek va jahon kinosi yulduzlari bilan uchrashuvlar, kinoforumlar, talabalar uchun “Kino 5 kun ichida” loyihasi, mahorat darslari, fotosessiya va yangi filmlarning premeralari bo‘lib o‘tadi.
Kinofestivalga Takeshi Kitanodan tashqari Rossiya xalq artistlari Vladimir Xotinenko, Viktor Verjbitskiy, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artistlar Aleksandr Fedorov, Stanislav Sokolov, ssenariy muallifi Arkadiy Inin, kinoshunos Tatana Yakovleva va boshqalar tashrif buyurishadi.
Qolaversa, Turkiyaning mashhur kinoaktori, “Qora sevgi” seriali bilan tanilgan Kaan Urganjio‘g‘li va dunyoga mashhur “Garri Potter” filmi produseri Martin Smit ham tashrif buyuradi.
Unda Chet el filmlarining premyerasidan tashqari o‘zbek tomoshabinlariga 12 ta mashhur mahalliy filmlarni tomosha qilish taklif etiladi: “Ayol qalbi” (J. Po‘latova) ijtimoiy dramasi, “Bir kunlik to‘y” (Sh. Rasulov) komediyasi, “Kim deyay seni” (K. Kamalova), “Ayol qismati” (D. Masaidov), “Muxabbat bahori” (I. Rasulov) sevgi qissasi, "Avf" (Z. Jurayeva), "Talvasa" (M. Inog‘onov) dramalari, “Samarqandda qovun tarovati” (A. Hamroyeva) lirik komediyasi, “Dada degin”, "Bardosh" (M. Abdulxairov) ijtimoiy dramasi, "101-reys" (A. Shoxnazarov) psixologik trilleri.
Premyeralar geografiyasi deyarli butun mamlakatni qamrab oladi: mahalliy tomoshabinlar va kinofestival mehmonlari uchun Buxoro, Urganch, Jizzax, Qarshi, Shahrisabz, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Guliston shaharlarida namoyishlar o‘tkaziladi.