https://oz.sputniknews.uz/20220906/shifokor-dengiz-va-daryo-baliqlarining-foydali-xususiyatlarini-solishtirdi-27830343.html
Shifokor dengiz va daryo baliqlarining foydali xususiyatlarini solishtirdi
Shifokor dengiz va daryo baliqlarining foydali xususiyatlarini solishtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Dengiz va daryo baliqlarining foydali xususiyatlari o‘rtasidagi qanday farq bor? Shifokor diyetolog bu haqida Sputnik radiosiga batafsil aytib berdi. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T22:30+0500
2022-09-06T22:30+0500
2022-09-06T22:30+0500
bu qiziq
foydali mahsulotlar
shifokorlar tavsiyasi
sog‘liq
shifokor
diyeta
baliq
baliq yog‘i
vitamin
foydali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/09/26957062_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_03ddceeff950f0d62f663af8748fd5fb.jpg
Inson ratsionida ham dengiz ham daryo baliqlari bo‘lishi kerak, chunki ularning tarkibi va foydali xususiyatlari turlicha, deydi diyetolog, terapevt, Rossiya diyetologlari va oziq-ovqat sanoati mutaxassislari ittifoqi a’zosi Aleksandra Razarenova. Oziqlantirish mutaxassisi baliqni tanlashda uning yog‘liligiga e’tibor berishni maslahat beradi."Kaloriyasiz diyetaga rioya qilganlar baliqning qizil navlarini (dengiz ham, daryo ham, - tahr.) suiiste’mol qilmasliklari kerak, chunki ular yog‘liroq va to‘yimliroq. Lekin kishi har doim ham faqat baliqning kam kaloriyali "oq" navlardan foydalanmasligi kerak. Chunki ularda foydali yog‘ kislotalari kamroq bo‘ladi. Eng yaxshisi - har xil turdagi baliqlarni, yog‘li va yog‘sizlarini navbat bilan iste’mol qilgan ma’qul", - deb tavsiya qiladi Aleksandra Razarenova.Dengiz baliqlarini sotib olayotganda, shok muzlatilganlarini tanlash ma’qul, deydi mutaxassis.“Qo‘lga olingan baliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri kemada yoki eng yaqin qirg‘oq zonasida kuchli havo oqimi va minus 30 gradusgacha bo‘lgan haroratli muzlatgichlarda muzlatilgan bo‘lsa, baliq ko‘proq foydali xususiyatlarini, to‘qima tuzilishi va ta’mini saqlab qoladi, - dedi Aleksandra Razarenova. - Lekin shuncha muz ustida saqlangan baliqdan men ehtiyot bo‘lgan bo‘lardim. Ayniqsa siz qirg‘oqdan uzoqda yashasangiz".
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/09/26957062_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_706d73227baa66c4399f250faf6af729.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
foydali mahsulotlar, shifokorlar tavsiyasi, sog‘liq, shifokor, diyeta, baliq, baliq yog‘i, vitamin, foydali
foydali mahsulotlar, shifokorlar tavsiyasi, sog‘liq, shifokor, diyeta, baliq, baliq yog‘i, vitamin, foydali
Shifokor dengiz va daryo baliqlarining foydali xususiyatlarini solishtirdi
Dengiz va daryo baliqlarining foydali xususiyatlari o‘rtasidagi qanday farq bor? Shifokor diyetolog bu haqida Sputnik radiosiga batafsil aytib berdi.
Inson ratsionida ham dengiz ham daryo baliqlari bo‘lishi kerak, chunki ularning tarkibi va foydali xususiyatlari turlicha, deydi diyetolog, terapevt, Rossiya diyetologlari va oziq-ovqat sanoati mutaxassislari ittifoqi a’zosi Aleksandra Razarenova.
"Daryo baliqlarida yod va "D" vitamini kamroq, ammo ularda "B" guruhi vitaminlari, magniy va temir ko‘proq. Dengiz baliqlari ko‘pincha yog‘li, omega-3, omega-6 va antioksidantlarga boy, ularda yod ko‘proq. Xullas, ham daryo ham dengiz baliqlari organizm uchun foydali, asosiysi, baliq ekologik toza suv havzalarida tutilgan bo‘lsa bo‘ldi”, - deya qo‘shimcha qildi Aleksandra Razarenova.
Oziqlantirish mutaxassisi baliqni tanlashda uning yog‘liligiga e’tibor berishni maslahat beradi.
"Kaloriyasiz diyetaga rioya qilganlar baliqning qizil navlarini (dengiz ham, daryo ham, - tahr.) suiiste’mol qilmasliklari kerak, chunki ular yog‘liroq va to‘yimliroq. Lekin kishi har doim ham faqat baliqning kam kaloriyali "oq" navlardan foydalanmasligi kerak. Chunki ularda foydali yog‘ kislotalari kamroq bo‘ladi. Eng yaxshisi - har xil turdagi baliqlarni, yog‘li va yog‘sizlarini navbat bilan iste’mol qilgan ma’qul", - deb tavsiya qiladi Aleksandra Razarenova.
Dengiz baliqlarini sotib olayotganda, shok muzlatilganlarini tanlash ma’qul, deydi mutaxassis.
“Qo‘lga olingan baliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri kemada yoki eng yaqin qirg‘oq zonasida kuchli havo oqimi va minus 30 gradusgacha bo‘lgan haroratli muzlatgichlarda muzlatilgan bo‘lsa, baliq ko‘proq foydali xususiyatlarini, to‘qima tuzilishi va ta’mini saqlab qoladi, - dedi Aleksandra Razarenova. - Lekin shuncha muz ustida saqlangan baliqdan men ehtiyot bo‘lgan bo‘lardim. Ayniqsa siz qirg‘oqdan uzoqda yashasangiz".
Daryo baliqlariga ehtiyotkorlik bilan issiqlik bilan ishlov berish kerak, chunki chuchuk suv - gelmintlar uchun ideal ko‘payish joyidir, deb ogohlantirdi shifokor. Ushbu mahsulotni faqat ishonchli yetkazib beruvchilardan sotib olish kerak va yaxshilab termal ishlov berilganidan so‘ng itse’mol qilish kerak, dedi u.