https://oz.sputniknews.uz/20220906/shaxslarni-telefon-raqami-orqali-identifikatsiya-qilish-tartibi-tasdiqlandi-27817776.html
Shaxslarni telefon raqami orqali identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi
Shaxslarni telefon raqami orqali identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilishda 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmaydi. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T14:23+0500
2022-09-06T14:23+0500
2022-09-06T14:23+0500
jamiyat
mobil-id
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/17/26466655_0:229:3079:1960_1920x0_80_0_0_542e23bd61c0348f94fe3c3f8ee40188.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 479-son qarori qabul qilindi.Hujjat bilan Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash, tizimdan foydalanish va identifikatsiyani bekor qilishni tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi.Unga ko‘ra shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (DXM) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YaIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etadi. DXM yoki notarial idora xodimi fuqaroning yuzini raqamli formatda rasmga tushiradi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izini oladi va mobil telefon raqamini YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘laydi. Raqam aynan ushbu shaxsga tegishli bo‘lishi lozim.Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro YaIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi. Telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi.Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilishda 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmaydi, 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan kreditlash sohasida ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin.Adliya vazirligi 1-sentabrga qadar markazlar va notarial idoralarni jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlashi zarur.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 1-sentabrga qadar jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalashni YaIDXPning mobil ilovasi orqali joriy etish vazifasi topshirilgan.Avvalroq Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushirilgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/17/26466655_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_ec0f354d26690a04776b81c2634834cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mobil-id
Shaxslarni telefon raqami orqali identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi
Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilishda 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmaydi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 479-son qarori
qabul qilindi. Hujjat bilan Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash, tizimdan foydalanish va identifikatsiyani bekor qilishni tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (DXM) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YaIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etadi. DXM yoki notarial idora xodimi fuqaroning yuzini raqamli formatda rasmga tushiradi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izini oladi va mobil telefon raqamini YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘laydi. Raqam aynan ushbu shaxsga tegishli bo‘lishi lozim.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro YaIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi. Telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi.
Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilishda 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmaydi, 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan kreditlash sohasida ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin.
Adliya vazirligi 1-sentabrga qadar markazlar va notarial idoralarni jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlashi zarur.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 1-sentabrga qadar jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalashni YaIDXPning mobil ilovasi orqali joriy etish vazifasi topshirilgan.
Avvalroq Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushirilgani
xabar qilingan edi.