Shashka: O‘zbekiston Jahon chempionatida 7ta medalni qo‘lga kiritdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Jahon chempionat
Jahon chempionat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda 64 katakli shashka bo‘yicha imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar muvafaqiyatli ishtirok etishmoqda – tafsilotlar.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda 64 katakli shashka bo‘yicha imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3ta oltin, 3ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Mazkur turnirda 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi mamlakat sharafini himoya qilishmoqda. Dastlab rapid yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
23 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Fayzulla Mardiyev, shu yoshdagi qizlar o‘rtasida Odina Shovdirova hamda erkaklar o‘rtasida Bahodir Ubaydullayevlar chempionga aylanishdi.
Shuningdek, 23 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Abbosjon Ravshanov, 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Mahbuba Halilova, ayollar o‘rtasida Charos Balikovalar kumush hamda 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Sadoqat Tulibayeva bronza medaliga ega chiqishdi.
Musobaqalar 15-sentabrgacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0