https://oz.sputniknews.uz/20220906/rossiya-va-myanma-atom-energiyasidan-tinch-maqsadlarda-foydalanish-boyicha-hamkorlik-qiladi-27817317.html
Rossiya va Myanma atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Rossiya va Myanma atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l xaritasi yadro sohasida Rossiya-Myanma hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilaydi. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T16:58+0500
2022-09-06T16:58+0500
2023-04-05T18:39+0500
rossiya
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27818570_0:149:3113:1900_1920x0_80_0_0_a70ef94c12481ef71738e7b9d7df6839.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda Rossiya va Myanma 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik doirasida yo‘l xaritasini imzoladi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar bermoqda.Hujjatni “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev, Myanma elektrlashtirish ittifoq vaziri Taun Xon va Myanma fan va texnologiyalar ittifoq vaziri Mo Teĭn Chjo imzoladi.Yo‘l xaritasi yadro sohasida Rossiya-Myanma hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilaydi. Xususan, hujjat Myanmada kam quvvatli reaktorlarga ega atom elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish imkoniyatini nazarda tutadi. Bundan tashqari, gap ikki tomonlama meyoriy-huquqiy bazani kengaytirish, kadrlar tayyorlash va Myanmada atom energetikasi bo‘yicha ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish haqida bormoqda.Ma’lumot uchun, "Rosatom" ishtirokida O‘zbekistonning Jizzax viloyatida AES qurish rejalashtirilgan. Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Atom elektr stansiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan. Uni ishga tushirish 2030-yilga mo‘ljallangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27818570_190:0:2921:2048_1920x0_80_0_0_d15e5725940731301795bb1da0f0d7b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aes
Rossiya va Myanma atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik qiladi
16:58 06.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Yo‘l xaritasi yadro sohasida Rossiya-Myanma hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilaydi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda Rossiya va Myanma 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik doirasida yo‘l xaritasini imzoladi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri
xabar bermoqda. Hujjatni “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev, Myanma elektrlashtirish ittifoq vaziri Taun Xon va Myanma fan va texnologiyalar ittifoq vaziri Mo Teĭn Chjo imzoladi.
Yo‘l xaritasi yadro sohasida Rossiya-Myanma hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilaydi. Xususan, hujjat Myanmada kam quvvatli reaktorlarga ega atom elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish imkoniyatini nazarda tutadi. Bundan tashqari, gap ikki tomonlama meyoriy-huquqiy bazani kengaytirish, kadrlar tayyorlash va Myanmada atom energetikasi bo‘yicha ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish haqida bormoqda.
Ma’lumot uchun, "Rosatom" ishtirokida O‘zbekistonning Jizzax viloyatida AES qurish rejalashtirilgan. Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Atom elektr stansiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan. Uni ishga tushirish 2030-yilga mo‘ljallangan.