https://oz.sputniknews.uz/20220906/otgan-yili-kiberjinoyatlardan-korilgan-zarar-6-trln-dollardan-oshdi--aripov--27824702.html
O‘tgan yili kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar 6 trln dollardan oshdi – Aripov
O‘tgan yili kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar 6 trln dollardan oshdi – Aripov
Sputnik O‘zbekiston
Aripov axborot texnologiyalarining tez tarqalishi bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidladi. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T17:40+0500
2022-09-06T17:40+0500
2022-09-06T17:40+0500
siyosat
kiberxavfsizlik
kiberhujum
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1276/86/12768634_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_c40c54d6cd8d830c7fa8e8737fc9d620.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Axborot xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ShHTga a’zo davlatlardan axborot sohasidagi zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashishning muvofiqlashtirilgan mexanizmlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ShHTning axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi davomida ma’lum qildi.Shuningdek, u axborot texnologiyalarining tez tarqalishi bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ular xavfsizlik tizimida yangi zaifliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.Aripovning qayd etishicha, jahon ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021-yilda kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar dunyo bo‘ylab 6 trillion dollardan oshgan.Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar ham keng ko‘lamli targ‘ibot va muvofiqlashtirish faoliyatining yangi bosqichiga ko‘tarilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1276/86/12768634_84:0:1221:853_1920x0_80_0_0_1f199673f7bfefa232cac57e37587e41.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, kiberxavfsizlik, kiberhujum, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
siyosat, kiberxavfsizlik, kiberhujum, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
O‘tgan yili kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar 6 trln dollardan oshdi – Aripov
Aripov axborot texnologiyalarining tez tarqalishi bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Axborot xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ShHTga a’zo davlatlardan axborot sohasidagi zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashishning muvofiqlashtirilgan mexanizmlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ShHTning axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi davomida
ma’lum qildi. Shuningdek, u axborot texnologiyalarining tez tarqalishi bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ular xavfsizlik tizimida yangi zaifliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Aripovning qayd etishicha, jahon ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021-yilda kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar dunyo bo‘ylab 6 trillion dollardan oshgan.
“Bugungi kunda eng ko‘p hujumga uchragan tarmoqlar energetika, sanoat, mudofaa, davlat boshqaruvi sohalaridir”, dedi u.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar ham keng ko‘lamli targ‘ibot va muvofiqlashtirish faoliyatining yangi bosqichiga ko‘tarilgan.
“Ularning nazarida, birinchi navbatda, yoshlarimizning ongi zaif. Bu salbiy tendensiyalar ShHTga a’zo davlatlardan kibermakonni himoya qilish, axborot xavfsizligini milliy va mintaqaviy darajada ta’minlash bo‘yicha kompleks yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadi”, - deya xulosa qildi Aripov.