Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Kiberterrorchilik ShHT doirasida birgalikda kurashishni talab etadi - Ruslan Mirzayev

© Sputnik/Anna JelixovskayaV Tashkente nachal rabotu forum po informatsionnoy bezopasnosti ShOS
V Tashkente nachal rabotu forum po informatsionnoy bezopasnosti ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Kiberterrorchilik uchun chegaralr yo‘qligi, unga qarshi birgalikda kurashishni talab qiladi, dedi ShHT MATT direktori.
TOShKENT, 6 sen–Sputnik. Kiberterrorizmga qarshi kurash – ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) o‘z axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash zaruratini tug‘dirdi, dedi ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHT axborot xavfsizligi ilmiy-ekspertlar Forumida.
Mirzayevning aytishiga ko‘ra, ShHT MATT axborot xavfsizligi - shaxs, jamiyat va davlat hayotini ta’minlashning ajralmas qismi bo‘lib, bugungi kunda kiberjinoyatchilik eng yosh, tez rivojlanayotgan jinoiy faoliyat turi bo‘lib, xalqaro huquq normalari uning rivojlanishi bilan hamqadam emas.
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlatlararo hamkorlikning eng ommabop yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda”, — dedi u.
Undan tashqari, kiberjinoyatchilikning transchegaraviy tabiati milliy sa’y-harakatlarni mintaqaviy darajadagi jamoaviy harakatlar bilan to‘ldirishni taqozo etadi”, - deydi Mirzayev.
ShHT MATT raisi so‘zlariga ko‘ra, axborot xavfsizligini ta’minlashda muvaffaqiyatga erishish uchun xalqaro miqyosda ma’muriy qoidalar va huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masadga muvofiq. Xususan, zararli kontentni ishonchli filtrlash va blokirovka qilish, uning tarqalish manbai bo‘yicha samarali qidiruvni amalga oshirish va boshqalar.
Shuningdek, Mirzayev aytishiga ko‘ra, “ekstremistik mafkura bilan to‘yingan auditoriyani zararsizlantirish” tizimini yaratish zarur.
“Kiberterrorizmga qarshi kurashish sohasidagi ShHT MATT a’zolari o‘z axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining xavfsizligini ta’minlashi hamda ShHT davlatlari xavfsizlik idoralari orasida terrorchi tashkilotlar va ularning rahbarlari va a’zolari, ularning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi kabi muhim tezkor ma’lumot almashishning xavfsiz tizimini yaratish zaruratini keltirib chiqardi”, — deya qo‘shimcha qildi Mirzayev.
Eslatib o‘tamiz, bugun 6-sentabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi o‘z ishini boshladi.Unda ShHTga a’zo davlatlarning tegishli vazirlik, idoralari, ilmiy-akademik va tahliliy doiralari vakillaridan iborat 30 nafardan ziyod yetakchi ekspertlar ishtirok etishmoqda.
Forum kun tartibi uchta asosiy mavzlarga oid sessiyaga bo‘lingan:
1.
Axborotdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish – zamonaviy jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.
2.
Axboriy-g‘oyaviy xatarlar va bunday tahdidlarga qarshi samarali javob choralarini ishlab chiqish.
3.
AKT jadal rivojlanishi sharoitida nozik axborot infratizimi obyektlarini himoya qilish.
Yangiliklar lentasi
0