IShID* Kobuldagi Rossiya elchixonasi oldidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

© SputnikVoorujennie boyeviki
Voorujennie boyeviki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir etilgan terakt oqibatida ikki nafar Rossiya diplomatik vakolatxonasi xodimi va bir necha Afg‘oniston fuqarolari qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik guruhi Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters jangarilar bayonotiga tayangan holda xabar bergan.
5 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish yaqinida noma’lum jangari portlovchi uskunani harakatga keltirdi. Buning oqibatida ikki nafar Rossiya diplomatik vakolatxonasi xodimi va bir necha Afg‘oniston fuqarolari qurbon bo‘ldi.
Xudkush terrorchi elchixona yaqinida to‘plangan odamlar orasida o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan. RIA Novosti manbasiga ko‘ra, xuddi shu paytda diplomat vizaga da’vogarlar ismlarini e’lon qilish uchun tashqariga chiqqan. Xavfsizlik kuchlari terrorchini to‘xtatib qolgan, shu lahzada portlash sodir bo‘lgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hodisani terakt deb atadi va bunday xatti-harakatlarni qoraladi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin elchixona xodimlari o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishni topshirdi.
O‘zbekiston Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir etilgan teraktni qoraladi
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0