“Vostok-2022”: qamrovi bo‘ycha misli ko‘rilmagan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishOtkritie mejdunarodnix ucheniy "Vostok-2022" v Primorskom krae
Otkritie mejdunarodnix ucheniy Vostok-2022 v Primorskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
“Vostok -2022” qo‘mondonlik-shtab qo‘shma mashg‘ulotlarida dunyo aholisining yarmini qamrab oluvchi mamlakatlar ishtirok etdi. Kollektiv G‘arb yomonotliq qilishga urinayotganiga qaramasdan bu Rossiyaning dunyoda harbiy- siyosiy ta’siri ortib borayotganiga dalolat beradi.
“Vostok-2022” harbiy manyovrlari 1-7 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov rahbarligida sharqiy harbiy okrugda, Oxota va Yapon dengizlari akvatoriyalarida ShHT, KXShT ning 14 ta va hamkor mamlakatlarning 50 ming nafar harbiy, 5000 ta jangovar texnika (jumladan, 140 uchish apparatlari, 60 ta jangovor kema hamda yordamchi kemalar) ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘mondonlik-nazorat organlari, harbiy kontingentlar va kuzatuvchilarning operativ guruhlari yettita quruqlik poligonlarida va dengiz hududlarida maxsus hamda koalitsiya harbiy guruhlari qo‘shma harakatlarini amaliy jihatdan ishlab chiqadi. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - Rossiya Federatsiyasi hamda ittifoqdoshlarining mas’uliyat zonalarida harbiy xavfsizlikni ta’minlash.
Kuni kecha RF Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fominning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar mudofaaviy ahamiyatga ega va aniq biror mamlakat yoki harbiy ittifoqlarga qarshi qaratilmagan.
SKShU afsonasiga ko‘ra, ko‘mondonlar va shtablar Sharqiy hamda Uzoq Sharq dengiz zonasidagi tahdidlarni ko‘p tomonlama bartaraf etish, koalitsiya qo‘shinlarining Sharqiy harbiy okrugning “Burgundi” (Buratiya), “Gorachie klyuchi” (Kuril orollari), “Knyaz-Volkonskiy” (Xabarovsk o‘lkasi), “Sergeyevskiy” (Primorsk o‘lkasi), “Telemba” (Baykaloldi o‘lkasi), “Lagunnoe” hamda “Uspenovskiy” (Saxalin viloyati) poligonlarida operativ birikish jarayonlarini oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Mashg‘ulotlar juda katta operatsiya hududlarini qamrab olgan. G‘arbdan sharqqa- 3000 km dan ortiq. Taktik epizodlar asosida- Rossiya va ittifoqdosh mamlakatlar qo‘shin kontingentlarining qo‘shma harakatlar variantlarini ko‘rib chiqish. Mashg‘ulotlarning eng muhim bosqichlari Rossiyadagi eng yirik Ussuriyskdan uzoq bo‘lmagan “Sergeyevskiy” poligonida bo‘lib o‘tadi.
Sharqiy strategik yo‘nalishdagi harbiy-siyosiy vaziyatda ma’lum bir keskinlik AQSh va NATO tomonidan sun’iy qo‘zg‘atilgan Tayvan mojarosi tufayli kelib chiqmoqda. Bu Xitoy xavfsizligiga zarar yetkazmoqda. “Vostok-2022” mashg‘ulotlari doirasida Tayvanga harbiy-dengiz desanti yoki havo hujumi rejalashtirilmagan. Biroq, Vashington ishtirokchilarni Tayvan (XXR hududida) atrofidagi harbiy eskalatsiyada asossiz ayblamoqda. Eslatib o‘tamiz, SKShU materikda va Yapon orolida - qo‘zg‘olonchi oroldan ikki ming kilometr uzoqlikda bo‘lib o‘tmoqda.

G‘arbning Sharqdagi xavotirlari

“Vostok” operatsiyalari manyovrlari bundandan kengroq bo‘lgan- 2014-yil sentabr oyida Sharqiy harbiy okrugning 20 quruqlik, dengiz va aviatsiya poligonlarida 100 ming harbiy xizmatchi, 1500 ga yaqin tank, 120 samolyot, 70 ta kema va 5000 ta boshqa qurollar ishtirok etgan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan. “Vostok-2018” strategik mashg‘ulotlarida 300 ming nafar harbiy xizmatchi va 36 ming harbiy texnika qamrab olingan.
Biroq “Vostok-2022” mashg‘ulotlari ishtirokchilari tarkibi ko‘p millatliligi jihatidan misli ko‘rilmagan bo‘ldi. Bu qo‘shnilarning Rossiya bilan birgalikda mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish istagini aks ettiradi. Bu Rossiya Federatsiyasining harbiy-siyosiy yo‘nalishini ishonchli qo‘llab-quvvatlashni anglatadi.
Ishtirokchilarning ko‘p millatli tarkibi, jalb qilingan kuchlar va vositalar soni jihati, geografik ko‘lami va sifati “Vostok-2022” manevrlarini tashkil etishning NATO va Yevropadagi yoki AQShning sayyoramizning boshqa mintaqalaridagi ittifoqchilari bilan o‘zaro hamkorligidan shu qadar ustunki, kollektiv G‘arb bundan hatto ancha xavotirga tushdi.
Sanksiyalar va yomonotliqqa chiqarishga urinishlariga qaramay Rossiyaning Hindiston va Xitoy bilan aniq harbiy-siyosiy yaqinlashuvi - “strategik hamkorligi” Vashingtonga yoqmayotir.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer 30-avgust kuni “Vostok” harbiy mashg‘ulotlariga Hindistonning qo‘shilayotgani AQShda xavotir uyg‘otayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “AQSh Rossiya bilan mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan har qanday davlatdan xavotirda”.
Ya’ni barcha 13 ta ishtirokchi mamlakatlar: Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Laos, Mo‘g‘uliston, Nikaragua, Suriya, Tojikistonning “o‘ziga xosliligi” Vashingtonga aslo yoqayotgani yo‘q. Ushbu mamlakatlarning umumiy aholisi - 3 milliarddan ko‘pni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: NATO mamlakatlarida 920 mln inson yashaydi. Kamchilikning ko‘pchilikka qandaydir shartlar qo‘yishi yoki “uydirma qoidalar”ga rioya qildirishga urinishlari - demokratiyaga mutlaqo zid, Sharqning (Osiyo) iqtisodiy rivojlanishi va G‘arbning (Yevropa va AQSh) birgalikda so‘nib borishi fonida mohiyatan befoydadir.
Yapon dengizi akvatoriyalarida Rossiya Federatsiyasining Tinch okean floti guruhlari va Xitoy dengiz kuchlari quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash va dengiz yo‘llari hamda dengiz xo‘jalik faoliyati hududlarini birgalikda himoya qilishni ishlab chiqishmoqda. Moskva va Pekinning harbiy hamkorligi geografik jihatdan ancha uzoq bo‘lgan (8000 km) AQShning Yevropadagi ittifoqdoshlarini negadir sarosimaga solib qo‘ygan.
“Xitoy va Rossiya AQSh rahbar bo‘lgan dunyo tartibiga birgalikda tahdid qilishmoqda”, - deya Germaniya tashqi siyosat jamiyatining Rossiya bo‘yicha eksperti Shtefan Maysterdan iqtibos keltiradi Germaniyaning Der Tagesspiegel gazetasi .
Bunday baholar avvalombor G‘arb demokratiyasining sayyoradagi barqarorlik va dunyo uchun o‘ta xavfli bo‘lgan oshkora “telbakratiya” ga aylanayotganini bildiradi. Xitoyda AQShga unga shartlar qo‘ymaslik, kim bilan, qayerda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha buyruq bermaslikni aytishmoqda. Xitoyning Global Times nashrining ta’kidlashicha, ko‘p qutbli dunyoning yangi sharoitida Xitoy, Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash uchun harbiy hamkorlikni rivojlantirishi zarur.
Xitoy Rossiya yoki Rossiya-Hindistonning do‘stona munosabatlari hech qachon Osiyo-Tinch okeani mintaqasida keskinlikka olib kelmagan. Aksincha, strategik hamkorlik mintaqaviy tinchlik va barqarorlik uchun nihoyatda muhim. AQShning tajovuzkor pozitsiyasi, hukmronlik qilishga intilishi va “butun dunyoni” bo‘ysundirishga harakatlari juda xunuk va eskilik sarqiti bo‘lib ko‘rinadi.
Rossiyaning teng va bo‘linmas xavfsizlik borasida taklif qilgan prinsiplariga G‘arb rozi emas. Pentagon rahbariyati dunyoga faqat nishon ostidan qaraydi. Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milllining 30-avgust kuni “O‘tgan 20-yil davomida qanday urush olib borganimiz kelajakdagi urushlarga qanday qarshi kurashishimizdan farq qiladi”, deb aytdi.
Insoniyatning deyarli yarmi Rossiya Bosh shtabi boshchiligidagi “Vostok-2022” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarida milliy qurolli kuchlar tarkibida ishtirok etib, Amerikaning tinchlikka qilgan tajovuzlariga munosib javob bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0