Ukrainalik askar xorijliklar qanday UQKdan qurollarni olib ketishlarini so‘zlab berdi

Obuna bo‘lish
Asirga tushgan ukrain harbiysi G‘arb yetkazib berayotgan qurol-aslahani xorijliklar qanday olib ketishlari haqida gapirib berdi.
Lugansk xalq respublikasida asirga tushgan Ukraina armiyasining 54-brigadasi harbiy xizmatchisi Maksim Dvornichenko G‘arb yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ni xorijliklar qanday olib ketishlarini so‘zlab berdi.
“Biz g‘arb qurollarini tushirishda ishtirok etganmiz. Ko‘rinishidan qurollar 70 % gacha shikastlangan edi. Shuningdek, u yerga formadagi odamlar kelishadi, ba’zilari ingliz tilida, ba’zilari litva tilida gaplashardi. Ular mashinaga o‘zlariga kerak bo‘lgan narsalarni yuklashardi va qurollarni noma’lum manzilga olib ketishardi”, - dedi asir.
Dvornichenkoning aniqlik kiritishicha, ukrainlardan asosan Shvetsiya va Britaniyaning NLAW ko‘chma tankka qarshi raketalari va "Matador" granatomotlarini olib ketishardi.
Yangiliklar lentasi
0