Turkmaniston Turkiyadan o‘z fuqarolari uchun viza rejimi joriy etishni so‘radi

© Sputnik / Sergey SubbotinFlag Turkmenii v Ashxabade
Flag Turkmenii v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Turkmanistonliklarga Turkiyada 30 kungacha vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Turkmaniston hukumati Turkiya tomonidan o‘z fuqarolariga viza rejimini joriy etishni so‘radi. Bu haqida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Turkmaniston mamlakat fuqarolarining Turkiyada bo‘lish qoidalarini takomillashtirish va tizimli asosda saqlash maqsadida Turkiya davlatiga o‘z fuqarolari uchun turli toifadagi viza rejimini vaqtinchalik joriy etish iltimosi bilan murojaat qilgan.
Ma’lumot uchun, turkmanistonliklarga aksariyat musulmon davlatlari kabi Turkiya hududida 30 kungacha vizasiz rejim joriy qilingan.
Yangiliklar lentasi
0