https://oz.sputniknews.uz/20220905/tomorqachilik-qanday-rivojlantiriladi-27809420.html
Tomorqachilik qanday rivojlantiriladi
Tomorqachilik qanday rivojlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mingta mahallada kichik muzlatkichlar tashkil etish loyihalari boshlanadi. 05.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-05T21:15+0500
2022-09-05T21:15+0500
2022-09-05T21:15+0500
jamiyat
tomorqachilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0d/21336906_0:113:2951:1773_1920x0_80_0_0_e84de0e57833d0abde5aed80df9bb375.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda tomorqachilikni rivojlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.Davlat rahbari matbuot kotibining ma’lum qilishicha, mutasaddilarga ko‘chma muzlatkichlar tashkil etish uchun yer maydonlarini ijaraga berish muddatlarini uzaytirish, 2 mingta mahallada kichik muzlatkichlar tashkil etish loyihalarini boshlash topshirildi.Bunda tayyor loyihalar yangi lizing mexanizmi asosida tadbirkorlarga beriladi.Shu bilan birga, o‘simliklar himoyasi bo‘yicha xususiy sektor bilan hamkorlikda aholi tomorqa yerlarida o‘simliklarni himoya qilish xizmatlarini ko‘rsatish uchun otradlar tashkil etiladi.Tomorqalarda foydalanadigan kimoviy preparatlar ro‘yxati tasdiqlanib, ular aholi orasida keng targ‘ib qilinadi.Karantin xizmatidan dehqonlar noroziligi, ular ko‘makchi emas, nazoratchi bo‘lib qolgani tanqid qilindi. Xizmat boshlig‘i I.Ergashev oxirgi marta qat’iy ogohlantirildi.“Bandlikni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xo‘jaligidagi o‘sishga bog‘liqligini ular tushunishi kerak", - dedi prezident.Soha rahbarlarining vazifasi prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, og‘irini yengil qilish ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0d/21336906_110:0:2841:2048_1920x0_80_0_0_e4ec13aaae7f5b1f8fe2a879796ad084.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tomorqachilik
Tomorqachilik qanday rivojlantiriladi
Ikki mingta mahallada kichik muzlatkichlar tashkil etish loyihalari boshlanadi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda tomorqachilikni rivojlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Davlat rahbari matbuot kotibining
ma’lum qilishicha, mutasaddilarga ko‘chma muzlatkichlar tashkil etish uchun yer maydonlarini ijaraga berish muddatlarini uzaytirish, 2 mingta mahallada kichik muzlatkichlar tashkil etish loyihalarini boshlash topshirildi.
Bunda tayyor loyihalar yangi lizing mexanizmi asosida tadbirkorlarga beriladi.
Shu bilan birga, o‘simliklar himoyasi bo‘yicha xususiy sektor bilan hamkorlikda aholi tomorqa yerlarida o‘simliklarni himoya qilish xizmatlarini ko‘rsatish uchun otradlar tashkil etiladi.
Tomorqalarda foydalanadigan kimoviy preparatlar ro‘yxati tasdiqlanib, ular aholi orasida keng targ‘ib qilinadi.
Karantin xizmatidan dehqonlar noroziligi, ular ko‘makchi emas, nazoratchi bo‘lib qolgani tanqid qilindi. Xizmat boshlig‘i I.Ergashev oxirgi marta qat’iy ogohlantirildi.
“Bandlikni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xo‘jaligidagi o‘sishga bog‘liqligini ular tushunishi kerak", - dedi prezident.
Soha rahbarlarining vazifasi prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, og‘irini yengil qilish ekani ko‘rsatib o‘tildi.