https://oz.sputniknews.uz/20220905/qashqadaryo-hokimiga-finlyandiyalik-maslahatchisi-tayinlandi-27778609.html
Qashqadaryo hokimiga finlyandiyalik maslahatchisi tayinlandi
Qashqadaryo hokimiga finlyandiyalik maslahatchisi tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Finlyandiyalik mutaxassis yordamida Qashqadaryo viloyatida xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 3-yillik mahalliy dasturni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. 05.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-05T10:38+0500
2022-09-05T10:38+0500
2022-09-05T10:53+0500
jamiyat
ta’lim
qashqadaryo viloyati
hokim
finlyandiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27778789_0:96:1024:672_1920x0_80_0_0_d88f6d8d99711922d903fc750166df24.jpg
TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Qashqadaryo viloyat hokimiga ta’limni rivojlantirish bo‘yicha finlyandiyalik maslahatchisi tayinlandi, deb xabar qilmoqda O‘zA. Finlyandiyalik mutaxassis, pedagogika fanlari doktori Petri Lunaskopri bo‘lib, u Savoniya universiteti professori, 20 dan ortiq davlatlarda K12 Oliy ta’lim bo‘llimining o‘qitish xizmatlarida trener sifatida tajribaga ega. Shu bilan birga u Finlyandiya ta’limi rivojlanishiga turtki bo‘lgan 1994-yildan boshlab joriy qilingan Ta’limni isloh qilish konsepsiyasi muallifi hamdir.Lunaskoprinining tajribasidan foydalangan holda 1-yil ichida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan: Undan tashqari, xorijiy mutaxassis yordamida milliy baholash reytingida past natija ko‘rsatgan maktablarda treninglar va o‘qituvchilar dars berishini kuzatish. pedagogika OTMlari talabalari bilan uchrashuvlar ham tashkil qilinadi. Eslatib o‘tamiz, finlyandiyalik mutaxassis O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, xalq ta’limi tizimini takomillashtirish va o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlik doirasida taklif qilingan. Ma’lumki, aynan Finlyandiya ta’lim tizimi dunyoda eng yetuk tizimlardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham O‘zbekiston ta’lim muassasalari ham aynan ushbu davlat mutaxassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda.
qashqadaryo viloyati
finlyandiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27778789_1:0:1024:767_1920x0_80_0_0_57eb919f1256f67413904fac2aac42f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ta’lim, qashqadaryo viloyati, hokim, finlyandiya
jamiyat, ta’lim, qashqadaryo viloyati, hokim, finlyandiya
Qashqadaryo hokimiga finlyandiyalik maslahatchisi tayinlandi
10:38 05.09.2022 (yangilandi: 10:53 05.09.2022) Finlyandiyalik mutaxassis yordamida Qashqadaryo viloyatida xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 3-yillik mahalliy dasturni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Qashqadaryo viloyat hokimiga ta’limni rivojlantirish bo‘yicha finlyandiyalik maslahatchisi tayinlandi, deb
xabar qilmoqda O‘zA.
Finlyandiyalik mutaxassis, pedagogika fanlari doktori Petri Lunaskopri bo‘lib, u Savoniya universiteti professori, 20 dan ortiq davlatlarda K12 Oliy ta’lim bo‘llimining o‘qitish xizmatlarida trener sifatida tajribaga ega. Shu bilan birga u Finlyandiya ta’limi rivojlanishiga turtki bo‘lgan 1994-yildan boshlab joriy qilingan Ta’limni isloh qilish konsepsiyasi muallifi hamdir.
Lunaskoprinining tajribasidan foydalangan holda 1-yil ichida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
1.
Qashqadaryo viloyatida xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 3-yillik mahalliy dasturini ishlab chiqish;
2.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi 2 nafardan metodistlarni finlyandiya ta’limi tajribasi bo‘yicha tayyorlash;
3.
Viloyat pedagoglariga yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish va boshqalar.
Undan tashqari, xorijiy mutaxassis yordamida milliy baholash reytingida past natija ko‘rsatgan maktablarda treninglar va o‘qituvchilar dars berishini kuzatish. pedagogika OTMlari talabalari bilan uchrashuvlar ham tashkil qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, finlyandiyalik mutaxassis O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, xalq ta’limi tizimini takomillashtirish va o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlik doirasida taklif qilingan.
Ma’lumki, aynan Finlyandiya ta’lim tizimi dunyoda eng yetuk tizimlardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham O‘zbekiston ta’lim muassasalari ham aynan ushbu davlat mutaxassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda.