Putin Rossiyani haqiqiy Kunchiqar yurt deb atadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari Rossiyani nega haqiqiy Kunchiqar yurt deb atash mumkinligini tushuntirdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani haqiqiy Kunchiqar yurt deb hisoblaydi, chunki Chukotkaning eng sharqiy qismi Yaponiyadan sharqroqda joylashgan.
“Jug‘rofiy jihatdan, men o‘ylaymanki, Kamchatka haqida gapirishimiz kerak. Umuman olganda qo‘shnimiz Yaponiyani Kunchiqar yurt deb atashadi, biroq Yaponiyadan sharqroqda, menimcha, aynan Kamchatka yoki Saxalin joylashgan, yana sharqroqda Yangi Zelandiya joylashgan, Yangi Zelandiyadan sharqroqda esa Chukotka joylashgan. U yerda esa atigi 60 kilometr bo‘g‘oz va tamom – undan narisi Amerika qit’asi. Shu ma’noda Kunchiqar yurt – bu Rossiya”, - dedi Putin Kamchatkada bo‘lib o‘tayotgan ekologiya forumi ishtirokchilari bilan uchrashuvda.
Shu bilan birga Rossiya yetakchisi Rossiya birinchi navbatda u qayerda yashashiga qaramasdan insondan boshlanishini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0