Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berish yuzasidan topshiriq berdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUchebnik uzbekskogo yazika
Uchebnik uzbekskogo yazika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berish yuzadan chora ko‘rishi kerak.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi jamoatchilik, ota-onalarlarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi.
“Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi”, - deyilgan xabarda.
Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etishi kutilayotgan edi. Bu o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga ko‘p edi. Xalq ta’limi vazirligi bunga dunyo bozorida qog‘oz narxi va qog‘ozni mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishini sabab qilib ko‘rsatgandi.
Yangiliklar lentasi
0