O‘zbekistonda magnit bo‘roni kuzatiladi – O‘zgidromet

© Foto : NASA/ESA/C.R. O'Dell (Vanderbilt University) Tumannost NGC 7293 Ulitka
Tumannost NGC 7293 Ulitka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Magnit bo‘ronining G3 darajaga ega 5 ballik xavfi e’lon qilindi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda tush payti 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
O‘zgidrometning Meteoinfokom tuzilmasi magnit bo‘ronining G3 darajaga ega 5 ballik xavfini e’lon qilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta quyoshda 24 ta kuchli quyosh chaqnashi kuzatildi. 2 ta o‘ta aktiv zona rivojlandi.
Quyosh sirtidagi mazkur chaqnashlar Yerda magnit bo‘roni xavflilik darajasini oshirishi tabiiy.
Ma’lumot uchun, bu tabiat hodisasi aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi bilan birga, inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan surunkali xastaliklarga chalingan, o‘rta va katta yoshli insonlar, ayniqsa, yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan yoki miokard infarkt, insultni boshdan o‘tkazgan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.
Chunki quyosh chaqnashlari tufayli hosil bo‘lgan magnit maydoni gipertoniklarda qon bosimi oshishi, gipotoniklarda esa aksincha, qon bosimi pasayishiga sabab bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0