https://oz.sputniknews.uz/20220905/oqituvchi-va-tarbiyachilar-bepul-tibbiy-korikdan-otkaziladi-27776959.html
O‘qituvchi va tarbiyachilar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘qituvchi va tarbiyachilar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Deputat o‘qituvchi va tarbiyachilarni tezroq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirdi. 05.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-05T09:12+0500
2022-09-05T09:12+0500
2022-09-05T09:12+0500
jamiyat
o‘qituvchilar
maktab
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857048_0:20:3068:1746_1920x0_80_0_0_9c63718148d409b6052631466a248413.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqida deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.Deputatning yozishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ushbu tizim xodimlari uchun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish bepul hisoblanadi. Lekin turli sabablar bilan qonun talabi bajarilmay, xodimlar o‘z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelgan.Ushbu masala yuzasidan Rasul Kusherbayev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov bilan muloqotda bo‘ldi.Muloqotda SSVning birinchi o‘rinbosari viloyatlardagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiy markazlarga Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilganini bildirdi.Deputat shuningdek, o‘qituvchi va tarbiyachilarni tezroq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857048_337:0:3068:2048_1920x0_80_0_0_3adc9292d010dfc42e2b207a38a210e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, o‘qituvchilar, maktab
jamiyat, o‘qituvchilar, maktab
O‘qituvchi va tarbiyachilar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Deputat o‘qituvchi va tarbiyachilarni tezroq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqida deputat Rasul Kusherbayev ma’lum
qildi. Deputatning yozishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ushbu tizim xodimlari uchun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish bepul hisoblanadi. Lekin turli sabablar bilan qonun talabi bajarilmay, xodimlar o‘z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelgan.
Ushbu masala yuzasidan Rasul Kusherbayev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov bilan muloqotda bo‘ldi.
Muloqotda SSVning birinchi o‘rinbosari viloyatlardagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiy markazlarga Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilganini bildirdi.
“Nihoyat qonunda kafolatlangan huquqning amalda ham ta’minlanishiga erishilayotgani bizni hursand qilmoqda. Har qalay harakatlarimiz zoe ketmabdi”, deydi deputat.
Deputat shuningdek, o‘qituvchi va tarbiyachilarni tezroq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirmoqda.