Nogironlar uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish tavsiyalari tasdiqlandi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishNezrachiy sotrudnik ispolzuyet spetsialnuyu kompyuternuyu klaviaturu so shriftom Braylya, arxivnoe foto
Nezrachiy sotrudnik ispolzuyet spetsialnuyu kompyuternuyu klaviaturu so shriftom Braylya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘zi ojizlar uchun maxsus ish joyini bo‘rtma – naqsh-nuqtali va yassi bosmali harflar, tovushni yozuvchi va tovushni qaytadan tiklovchi asbob-uskunalar bilan jihozlash tavsiya etiladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Hukumatning 31-avgustdagi 486-son qarori bilan Nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlandi.
Mazkur tavsiyalar barcha tashkilotlarda faoliyat yurituvchi nogironlarning mehnat munosabatlariga tatbiq etiladi.
Tavsiyalar nogironlarning maxsus yaratilgan ish joylari jihozlanishiga nisbatan belgilanadi.
Jumladan, ko‘zi ojizlar uchun maxsus ish joylari jihozlanishiga quyidagilar tavsiya etiladi:
binolarda, har xil inshootlarda, kirish joylarida, kommunikatsiya xonalarida, ma’muriyat, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida, ish joylarida, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalarida, sanitariya-maishiy xonalarda hammaboplikni, xavfsizlikni, hayot faoliyatiga mos keladigan meyoriy sharoitlarini ta’minlash;
ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘sqinliksiz o‘z ish joyini topishi va mehnat funksiyalari bajarilishini ta’minlaydigan tiflotexnik belgilar va tuzulmalar bilan maxsus ish joyini jihozlash;
qo‘shimcha periferiyali jihozlar va funksional maqsadli elektron tiflotexnik vositalar yordamida vizual ma’lumotga ovoz berish va ko‘rish nazoratisiz mehnatni bajarish imkoniyatini ta’minlash;
maxsus ish joyini yozuv uchun bo‘rtma – naqsh-nuqtali va yassi bosmali harflar, shuningdek, toshqalam, daftarlar va yon daftarchalar, Brayl yozuvi uchun bosmali harf, tovushni yozuvchi va tovushni qaytadan tiklovchi asbob-uskunalar bilan jihozlash;
kompyuterda ishlashga mo‘ljallangan ish joyini yirik bo‘rtma – naqsh keskin farq qiladigan (kontrast) bosmali harf va Brayl bosmali harf (Brayl displey va Brayl klaviaturasi) bilan ta’minlash;
maxsus asbob-uskunali va dasturli vositalar, shuningdek, moslashtirilgan taktil displey va audiodispley (nutq sintezatori) yordamida monitor ekranida vizual ma’lumotga ovoz berish imkonini yaratish.
Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ish joylarini bajarilayotgan mehnat funksiyasini hisobga olgan holda, tovush kuchaytiradigan asbob-uskunalar va ovoz chiqaruvchi telefonlar bilan ta’minlash tavsiya etiladi.
Shuningdek, qaror bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro‘yxati (klassifikatori) va nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxati hamda mehnat sharoitlari bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0