Dunyoda

Kobuldagi terakt oqibatida Rossiya elchixonasining ikki xodimi halok boʻldi

© Foto : Posolstvo Rossii v AfganistanePosolstvo Rossii v Kabule
Posolstvo Rossii v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik boʻlimiga kirish yaqinida nomaʼlum jangari portlovchi uskunani harakatga keltirgan.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida roʻy bergan terakt oqibatida Rossiya diplomatik missiyasining ikki nafar xodimi halok boʻldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 5 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik boʻlimiga kirish yaqinida nomaʼlum jangari portlovchi uskunani harakatga keltirgan.
“Hujum oqibatida diplomatik missiyasining ikki nafar xodimi halok boʻldi, Afgʻoniston fuqarolari orasida ham jabrlanganlar bor”, - deyiladi xabarda.
Rossiya TIV elchixona surish tiruv olib borayotgan Afgʻoniston xavfsizlik xizmati bilan yaqin aloqada ekanini qayd etgan.
Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi
Yangiliklar lentasi
0