https://oz.sputniknews.uz/20220905/kanadada-jinoyatchilar-hindular-qishlogiga-hujum-qilib-10-kishini-oldirdi-27789958.html
Kanadada jinoyatchilar hindular qishlog‘iga hujum qilib 10 kishini o‘ldirdi
Kanadada jinoyatchilar hindular qishlog‘iga hujum qilib 10 kishini o‘ldirdi
Sputnik O‘zbekiston
Kanadaning Saskachevan provinsiyasida jinoyatchilar o‘n kishini pichoqladi, yana 15 kishi yaralandi. 05.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-05T18:31+0500
2022-09-05T18:31+0500
2022-09-05T18:31+0500
dunyoda
jinoyat
kanada
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16011314_50:0:1300:703_1920x0_80_0_0_52f2a37358e61f04876eb425d28f931f.jpg
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Kanadaning Saskachevan provinsiyasida pichoq bilan qurollangan jinoyachilar hindular qishlog‘ida 10 kishini o‘ldirdi va kamida 15 kishini jarohatladi, deb xabar qilmoqda Kanada politsiyasi.Huquq-tartibot idoralari hindular yashaydigan Jeyms Smit Kri Neyshn va Ueldon aholi punktlariga hujum qilishda ikki aka-uka Demiyen va Mayls Sandersonlarni qidiruvga bergan.Tergov shuni ko‘rsatadiki, jinoyatchilar o‘z qurbonlarining ba’zilarini ataylab tanlagan, boshqalari esa tasodifan ularning yo‘liga tushib qolishgan. Politsiya qora Nissan avtomobilida harakatlanayotgan gumonlanuvchilarni hozircha qayerda ekanini bilmasligini tan oldi.“Ular qurollangan va o‘ta xavfli sanaladi”, — dedi politsiyachi ayol.Aholiga qo‘riqlanadigan hududlarda boshpana topish va jinoyatchilar bilan aloqa qilmaslik tavsiya etilgan.
kanada
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16011314_230:0:1167:703_1920x0_80_0_0_7f4be9d1ce974533534f941c078cbe7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jinoyat, kanada
Kanadada jinoyatchilar hindular qishlog‘iga hujum qilib 10 kishini o‘ldirdi
Kanadaning Saskachevan provinsiyasida jinoyatchilar o‘n kishini pichoqladi, yana 15 kishi yaralandi.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Kanadaning Saskachevan provinsiyasida pichoq bilan qurollangan jinoyachilar hindular qishlog‘ida 10 kishini o‘ldirdi va kamida 15 kishini jarohatladi, deb
xabar qilmoqda Kanada politsiyasi.
Huquq-tartibot idoralari hindular yashaydigan Jeyms Smit Kri Neyshn va Ueldon aholi punktlariga hujum qilishda ikki aka-uka Demiyen va Mayls Sandersonlarni qidiruvga bergan.
"Tekshiruvimizning hozirgi bosqichida biz 13 ta joyda 10 kishining qurbon bo‘lganini aniqladik... Yana bir necha kishi jarohat oldi, ulardan 15 nafari turli shifoxonalarga yotqizildi. Jabrlanganlarning ba’zilari o‘zlari tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan", dedi politsiya vakili matbuot anjumanida.
Tergov shuni ko‘rsatadiki, jinoyatchilar o‘z qurbonlarining ba’zilarini ataylab tanlagan, boshqalari esa tasodifan ularning yo‘liga tushib qolishgan. Politsiya qora Nissan avtomobilida harakatlanayotgan gumonlanuvchilarni hozircha qayerda ekanini bilmasligini tan oldi.
“Ular qurollangan va o‘ta xavfli sanaladi”, — dedi politsiyachi ayol.
Aholiga qo‘riqlanadigan hududlarda boshpana topish va jinoyatchilar bilan aloqa qilmaslik tavsiya etilgan.