Boks: O‘zbekiston xalqaro musobaqada 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

© O‘zbekiston boks federatsiyasi Boks bo‘yicha xalqaro musobaqa
Boks bo‘yicha xalqaro musobaqa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik vakillar 6 ta medal, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qozoq boksi asoschilaridan biri Shokir Boltekuli xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda Qozog‘iston, Tailand, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston mamlakatlaridan 130 nafar bokschi ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik vakillar 6 ta medal, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘ldi:
Oltin:
-86 kg: Timur Merjanov
-92 kg: Nusratbek Toxirov
Kumush:
-51 kg: Foziljon Abdumurodov
-92 kg: Abdulla Rajabov
Bronza:
-48 kg: Nodirjon Mirzaxmedov
-67 kg: Bekzod Hamidov
Yangiliklar lentasi
0