Belorusning taktik yadroviy quroli G‘arbni nega xavotirga solmoqda
16:21 05.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023)
© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishFrontovie bombardirovshiki Su-24, mnogotselevie istrebiteli Su-30SM i istrebiteli-bombardirovshiki Su-34 na konkurse "Aviadarts-2021"v Krasnodarskom krae
© Sputnik / Vitaly Timkiv
/ Obuna bo‘lish
Uch tomondan Shimoliy Atlantika ittifoqining dushman davlatlari va Ukraina bilan o‘ralgan Belarus zaif ko‘rinishi mumkin va u uzoq vaqtdan beri kollektiv G‘arbning harbiy va siyosiy bosimini his qilmoqda.
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bekorga gapirmaydi. Yaqinda u Belarus harbiy-havo kuchlari tomonidan tajovuzkor davlatlarga taktik yadro quroliga ega bo‘lgan javob zarbasi ehtimoli haqidagi bayonotidan so‘ng G‘arbda yana shov-shuv ko‘tarildi. Noxush qo‘shnilar kimga, qachon va qanday uslubda "zarba kelishini" tushunish muhim.
Uch tomondan Shimoliy Atlantika ittifoqining dushman davlatlari va Ukraina bilan o‘ralgan Belarus zaif ko‘rinishi mumkin va u uzoq vaqtdan beri kollektiv G‘arbning harbiy va siyosiy bosimini his qilayotgan edi.
Biroq Rossiya bilan tuzilgan Ittifoq Belarus va Rossiyani bir xil yadroviy salohiyatga ega bo‘lgan, buzib bo‘lmas qal’aga aylantiradi. Belarus harbiy-havo kuchlarining samolyotlari yadro qurolini tashish uchun jihozlandi. Endi Minsk G‘arb davlatlarining agressiyasiga darhol javob berishga tayyor.
Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘tgan juma kuni Atlantic Resolve (Atlantik qat’iyat) operatsiyasi doirasida Amerika harbiy texnikasining Sharqiy Yevropa hududiga joylashtirilishini shunlay izohladi:
"Ular bir narsani tushunishlari kerak, agar vaziyat keskinlashsa, hech qanday vertolotlar, samolyotlar ularni qutqara olmaydi. Biz bir vaqtlar Putin bilan Sankt-Peterburgda Belasus samolyotlarini yadroviy qurol olib yurishga moslashtirish haqida gaplashgan edik. .. Hammasi tayyor bo‘ldi! Belorussiya javob berish uchun kerakli qurollarga ega".
Kecha Aleksandr Lukashenko, agar Qo‘shma Shtatlar Polshaga yadroviy qurol yetkazib bersa, Minsk ham Moskva bilan yadroviy qurolga egalik masalasini ko‘tarishini aytdi. Bu yerda gap Belarus harbiy-havo kuchlarining bir nechta Su-24M front bombardimonchi samolyotlarini modernizatsiya qilish (taktik yadroviy qurollardan foydalanishga texnologik tayyorlik) haqida bormoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda "Iskandar-M" komplekslarini Minskka berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani. Qo‘shni respublika yaqin bir necha oy ichida – ballistik va qanotli raketalar bilan jihozlanishini aytgan edi. Shu o‘rinda Rossiya prezidenti ikki davlat harbiy idoralariga barcha tafsilotlarni ishlab chiqishni taklif qildi. Biroq, NATO a’zolarini aynan Belarus bombardimonchilarining taktik yadro qurollari bilan jihozlashi haqidagi ma’lumotlarga ko‘proq "e’tibor qaratishdi". Xo‘sh, nega?
Muqarrar jazo
Aleksandr Lukashenko Belarus NATOning provokatsiyalariga tayyorligini, zarbalar uchun potensial nishonlar - qaror qabul qilish markazlari ma’lum ekanini ta’kidladi. G‘arb, yadro quroliga ega bo‘lmagan Belarus Respublikasi, Rossiya yadro qurolidan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga qonuniy ravishda jalb etilishi mumkinligini yaxshi tushunadi. Chunki Belgiya, Germaniya, Italiya va YeIning boshqa mamlakatlar havo kuchlari ham urush vaqtida AQShning V-61 turkum termoyadroviy bombalaridan foydalanishi mumkin.
Belarus prezidentining Su-24M front bombardimonchilarining tayyorligi to‘g‘risidagi bayonoti G‘arb ekspertlari orasida faol muhokamaga sabab bo‘ldi, chunki bu samolyotning yuqori jangovar xususiyatlari uning yadro qurolidan zarba bera olish muqarrarligini kafolatlaydi.
Amerikaning Military Watch nashri Belarus harbiy-havo kuchlari tarkibidagi 30 ta Su-24M samolyotlarini, shuningdek, Rossiya Belarusga berishi mumkin bo‘lgan yuzlab ana shunday turdagi samolyotlarni sanab chiqdi. Shuningdek nashr yadro quroli tashish moslamalarini yangi Su-30SM og‘ir qiruvchi samolyotlariga ham o‘rnatish imkoniyatini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, Su-24M o‘zgaruvchan qanotli bombardimonchilar dunyodagi eng yaxshi bo‘lib qolmoqda va sezilarli modernizatsiya salohiyatiga ega.
Su-24M ning kechayu kunduz juda past balandlikda yerga yaqin uchish imkoniyatiga ega. Bu xususiyat front chizig‘idagi bombardimonchini dushman havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun deyarli ko‘rinmas qiladi. Bu bilan taktik yadro qurollarini nishonga yetkazish kafolatlanadi. Su-24M ning 8 tonnagacha jangovar yukni havoga ko‘tarish qobiliyati ham hayratlanarli. Ya’ni samolyot 1500 kg gacha bo‘lgan to‘rtta bombani ko‘tara oladi. Yer yuzasida tezligi soatiga 1400 km, balandlikda - 2320 km / soat. Jang radiusi 560 - 1300 km.
Kuchli "faxriy" qayta-qayta modernizatsiya qilingan va zamon talablariga to‘la mos keladi. Masalan, SVP-24 "Gefest" ko‘rish va navigatsiya tizimi bomba va raketa zarbalarining aniqligini uch baravar oshirishga imkon berdi. Uchuvchilar Su-24M ning jangovar qobiliyatini yuqori baholaydilar va bortdagi taktik yadro qurollari oldingi chiziqdagi bombardimonchini yanada mukammal qiladi.
Ayni paytda, NATO Belarus chegaralaridan 500 km uzoqlikda joylashgan Shvetsiya va Finlyandiya bilan kengayishda davom etmoqda. Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlari tomonidan Kiyev rejimiga ko‘p milliard dollarlik harbiy yordam va qurol-yarog‘ yetkazib berilishini - Rossiya mojaroda bevosita ishtirok va ittifoqchi davlat xavfsizligiga tahdid solish deb hisoblaydi. Lekin Yevropani global harbiy mojaroga Moskva va Minsk yetaklayotgani yo‘q, ular shunchaki tajovuzkor uchun og‘ir jazoni kafolatlash chorasini ko‘rishmoqda.