https://oz.sputniknews.uz/20220905/advokatlik-guvohnomasini-olish-elektronlashtiriladi-27778027.html
Advokatlik guvohnomasini olish elektronlashtiriladi
Advokatlik guvohnomasini olish elektronlashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi qaror loyihasi qabul qilinsa, advokatlik guvohnomasini guvohnoma beruvchi organga bormasdan turib olish mumkin bo‘ladi. 05.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-05T10:13+0500
2022-09-05T10:13+0500
2022-09-05T10:13+0500
jamiyat
advokatlik
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/07/26905567_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_553cd946b985f36327b7267a8852c72b.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonda advokatlik guvohnomasini olish elektronlashtiriladi. Bu haqida Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva xabar berdi.Qayd etilishicha, bugungi kunda advokatlik guvohnomasini olishda talabgor ariza berish uchun adliya organiga tashrif buyurishi, ortiqcha hujjatlarni taqdim etishi, guvohnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng uni olib ketish uchun takroran adliya organiga tashrif buyurishi talab etiladi. Bu esa, ortiqcha vaqt va ovoragarchilikni talab etadi.Mazkur ovoragarchiliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.Loyihada advokatlar uchun quyidagi yengilliklar nazarda tutilmoqda:Qaror loyihasi qabul qilinsa, advokatlik guvohnomasini guvohnoma beruvchi organga bormasdan turib olish mumkin bo‘ladi. Bunda advokatlik guvohnomasi advokatning xohishiga ko‘ra advokatlik tuzilmasining manziliga pochta orqali yuboriladi.Advokatlik guvohnomasi QR-kod qo‘yilgan ID card shaklida rasmiylashtiriladi.QR-kodni skanerlash orqali advokatning advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, litsenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.Bunda advokatning ixtisosligi va faoliyat yuritadigan tuzilmasi o‘zgarganda guvohnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/07/26905567_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_fec91cdaf86b546b0d618d7fda52eb60.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, advokatlik, adliya vazirligi
jamiyat, advokatlik, adliya vazirligi
Advokatlik guvohnomasini olish elektronlashtiriladi
Yangi qaror loyihasi qabul qilinsa, advokatlik guvohnomasini guvohnoma beruvchi organga bormasdan turib olish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonda advokatlik guvohnomasini olish elektronlashtiriladi. Bu haqida Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva xabar
berdi. Qayd etilishicha, bugungi kunda advokatlik guvohnomasini olishda talabgor ariza berish uchun adliya organiga tashrif buyurishi, ortiqcha hujjatlarni taqdim etishi, guvohnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng uni olib ketish uchun takroran adliya organiga tashrif buyurishi talab etiladi. Bu esa, ortiqcha vaqt va ovoragarchilikni talab etadi.
Mazkur ovoragarchiliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.
“Endilikda advokatlik guvohnomasini olish uchun faqatgina elektron murojaat qilishning o‘zi kifoya bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Loyihada advokatlar uchun quyidagi yengilliklar nazarda tutilmoqda:
Advokatlik guvohnomasini olish uchun elektron shaklda murojaat qilinadi;
agarda advokat advokatlik tuzilmasini yangi tashkil etgan bo‘lsa, advokatlik guvohnomasini olish uchun murojaat qilishi talab etilmaydi. Unga guvohnoma avtomatik tarzda kompozit xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan beriladi.
Qaror loyihasi qabul qilinsa, advokatlik guvohnomasini guvohnoma beruvchi organga bormasdan turib olish mumkin bo‘ladi. Bunda advokatlik guvohnomasi advokatning xohishiga ko‘ra advokatlik tuzilmasining manziliga pochta orqali yuboriladi.
Advokatlik guvohnomasi QR-kod qo‘yilgan ID card shaklida rasmiylashtiriladi.
QR-kodni skanerlash orqali advokatning advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, litsenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.
Bunda advokatning ixtisosligi va faoliyat yuritadigan tuzilmasi o‘zgarganda guvohnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.