SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari Oʻzbekiston turizm salohiyatini targʻib qilmoqda
12:30 04.09.2022 (yangilandi: 10:59 13.09.2022)
© Turizm va madaniy meros vazirligiShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

© Turizm va madaniy meros vazirligi
Inflyuyenserlar Oʻzbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida boʻlib, sohadagi oʻzgarishlarga shaxsan guvoh boʻlganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning yetakchi inflyuyenserlari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashgan.
© Turizm va madaniy meros vazirligiShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Aziz Abduhakimov ular bilan muloqotda Oʻzbekistondagi turizm sohasidagi islohotlar hamda SHHT sammiti oldidan Samarqand ruhini aks ettirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot bergan. Inflyuyenserlar, oʻz oʻrnida, Oʻzbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida boʻlib, sohadagi oʻzgarishlarga shaxsan guvoh boʻlganini taʼkidlagan.
© Turizm va madaniy meros vazirligiShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
© Turizm va madaniy meros vazirligi
“Anchadan beri tarixlar chorrahasi hamda ajoyib madaniy merosga ega boʻlgan ushbu muqaddas zaminda boʻlishni orzu qilardim. Xalqingizning mehmondoʻstligini-ku, soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydi! Oʻzbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. "Ipak yoʻli" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining sohaviy taʼlimga oid resurslari bilan mavjud kamchiliklar bartaraf qilinishiga shubha yoʻq. Turizm sohasi yildan yilga faqat yaxshi boʻlishiga ishonaman.
© Turizm va madaniy meros vazirligiShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Taʼkidlash lozimki, Samarqanddagi logistika bilan koʻp yutuqlarga erishish mumkin — Buxorgacha 1,5 soat, 2 soat Toshkentgacha poyezdda qatnash, shuningdek, ajoyib yangi aeroport — turizm sohasi uchun bundan yaxshi sharoit boʻlishi mumkin emas. Umid qilamanki, yaqin orada doʻstlarim bilan birga yana kelamiz, chunki ular hozirdanoq bu yerga qanday borish, nimalarni koʻrish mumkinligi haqida savollar yoʻllashmoqda”, - deydi Rossiya vakili — Butunjahon peterburgliklar klubi va Rus geografik hamjamiyati aʼzosi Vladimir Dervenyov.
© Turizm va madaniy meros vazirligiShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Shuningdek, u muloqot davomida “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga “Gorod govorit”nomli mualliflik kitobini sovgʻa qilgan. Bundan tashqari, Qirgʻiziston vakili – taniqli bloger Adelet Nogoybayev ham Oʻzbekistonga oid taassurotlari bilan oʻrtoqlashgan.
© Turizm va madaniy meros vazirligiShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
© Turizm va madaniy meros vazirligi
“Samarqandga tashrif buyurib, oʻzim uchun yangi bir maskanni kashf etdim. Jumladan, Silk Road Samarqand turizm markazi menda katta taassurot qoldirdi. Goʻyoki Oʻzbekistonning koʻzga koʻringan nuqtalarini bir joyga jamlagandek. Taʼkidlashim kerakki, Oʻzbekiston har yili turistlar uchun yangi syurprizlar tayyorlaydi. Keyingi safar Samarqandga rafiqam bilan kelishni niyat qildim. Chunki bu yerda nafaqat tarixiylik bor, balki madaniyat, sanʼat, romantika bor. Bu yerda hatto quyosh botishi ham oʻzgacha”,- deydi Nogoybayev.
© Turizm va madaniy meros vazirligiShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Maʼlumot uchun, xorijlik inflyuyenserlar sayohat davomida Oʻzbekiston, xususan, Samarqand haqidagi ijobiy taassurotlarini oʻz platformalariga joylab borishmoqda. Bu esa SHHT sammiti arafasida Samarqandda qilinayotgan ishlar, SHHTda Samarqand ruhi va umuman Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilishga imkon beradi.