Shashka: O‘zbekiston jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

© Foto: Ministerstvo razvitiya sporta UzbekistanaMolodejnaya sbornaya po shashkam
Molodejnaya sbornaya po shashkam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2022
Obuna bo‘lish
Bolgariyadagi chempionatda dunyoning 21 ta davlatidan 211 nafar umidli yosh sportchilar g‘oliblik uchun dona surdilar.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. 21-avgust-1 sentabr kunlari Bolgariyaning Kraneva shahrida katakli shashka bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston jamoaviy bahslarda 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda mamlakat Sportni rivojlantirish vazirligi xabar qidi.
Musobaqada dunyoning 21 ta davlatidan 211 nafar umidli sportchilar g‘oliblik uchun dona surdilar. Mazkur turnirda O‘zbekiston sharafini 12 nafar (6 nafar qiz va 6 nafar o‘g‘il bola) sportchi himoya qildi.
Jahon chempionatining so‘nggi kunida klassik yo‘nalishda medallar o‘z egalariga topshirildi. 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Amirbek Shahobov oltin, 20 yoshgacha og‘il bolalar o‘rtasida Laziz Nuraliyev kumush medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 11 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Sheyxali Azizov, shu yoshdagi qiz bolalar o‘rtasida Ruxsora Bahodirova, 17 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Alirizo Salimov hamda talaba qizlar o‘rtasida Shahzoda Tursunmurodovalar bronza medali egalariga aylanishdi.
Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari rapid yo‘nalishida 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza, blis yo‘nalishida 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza, klassik yo‘nalishda 1 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza, umumiy hisobda 6 ta oltin, 4 ta kumush hamda 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Qayd etish joizki, mazkur jahon chempionati bosh hakami etib o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Alisher Mahkamov tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0