https://oz.sputniknews.uz/20220904/samarqand-arxeologiya-instituti-va-buxoro-filiali-faoliyati-tashkil-etildi-27761446.html
Samarqand arxeologiya instituti va Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi
Samarqand arxeologiya instituti va Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
Institut O‘zbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini va “Buyuk ipak yo‘li” tarixini o‘rganadi. 04.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-04T13:34+0500
2022-09-04T13:34+0500
2022-09-04T13:34+0500
jamiyat
madaniy meros agentligi
buxoro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/01/27683575_0:234:2730:1770_1920x0_80_0_0_e9af7e57a7e095b1299e2b74b9bcc616.jpg
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan institut va uning filiali Fanlar akademiyasidan Madaniy meros agentligi tuzilmasiga o‘tkazilgan.Institut qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan o‘rta asrlarni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganish borasida fundamental tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi. Tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqadi.Shuningdek, O‘zbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlari paydo bo‘lishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va “Buyuk ipak yo‘li” tarixini o‘rganadi.Qolaversa, hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish ham institut vazifasiga kiradi.Shu bilan birga, institut Respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.Arxeologik topilmalarni ta’mirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yo‘nalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeologiya tadqiqotlarini jalb qilish, arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, institutning ilmiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib jahon ilm-fani yutuqlarini o‘rganish, ulardan foydalanishni hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish ham institut vazifalari qatoridan o‘rin olgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/01/27683575_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_74dd703a0f41e7414718228680bca061.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, madaniy meros agentligi, buxoro
jamiyat, madaniy meros agentligi, buxoro
Samarqand arxeologiya instituti va Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi
Institut O‘zbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini va “Buyuk ipak yo‘li” tarixini o‘rganadi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan institut va uning filiali Fanlar akademiyasidan Madaniy meros agentligi tuzilmasiga o‘tkazilgan.
Institut qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan o‘rta asrlarni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganish borasida fundamental tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi. Tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqadi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlari paydo bo‘lishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va “Buyuk ipak yo‘li” tarixini o‘rganadi.
Qolaversa, hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish ham institut vazifasiga kiradi.
Shu bilan birga, institut Respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Arxeologik topilmalarni ta’mirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yo‘nalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeologiya tadqiqotlarini jalb qilish, arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, institutning ilmiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib jahon ilm-fani yutuqlarini o‘rganish, ulardan foydalanishni hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish ham institut vazifalari qatoridan o‘rin olgan.