Oston O‘runov “Ural” klubiga o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOston Urunov, arxivnoe foto
Oston Urunov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik futbolchi Moskvaning “Spartak” klubi shartnomani bekor qildi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov Yekateringburgning “Ural” klubiga o‘tdi.
Rossiya futbol klubi xabariga ko‘ra, O‘runov jamoa tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shilgan va 5-sentabrdan boshlab mashg‘ulotlarga kirishadi.
Avvalroq Oston O‘runov va Moskvaning "Spartak" jamoasi o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilingan edi.
21 yoshli futbolchi 2020-yil yozidan buyon “Spartak” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Futbolchi "qizil-oqlar" safida 9 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylangan. O‘runov 2020/21 yilgi mavsum o‘rtasidan boshlab "Ufa"da ijara asosida o‘ynadi. Biroq klub mavsum yakuniga ko‘ra quyi ligaga tushib ketdi.
Yangiliklar lentasi
0