Nodirbek Abdusattorov dunyoning TOP-30 shaxmatchilari qatoridan o‘rin oldi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2022
Obuna bo‘lish
FIDE reytingining TOP-100 taligidan o‘zbekistonlik to‘rt shaxmatchi ham joy oldi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning sentabr oyi uchun jahon shaxmatchilari reytingida kuchli 30 talikdan joy oldi. Reyting federatsiya saytida keltirilgan.
Ro‘yxatda Abdusattorov 2713 ochko bilan 30-o‘rindan joy egallagan. U avgust oyidagi reytingda 64-o‘rinda edi.
Qayd etish kerak, bunga Abdusattorovning avgust oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Turkiya superligasida jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, ularning aksariyatida muvaffaqiyatga erishgani sabab bo‘lgan.
O‘zbekistondan yana uch nafar shaxmatchi FIDE reytingining kuchli yuztaligi orasidan o‘rin olgan: Rustam Qosimjonov 2670 ochko bilan 72-o‘rinda, Nodirbek Yakubboyev 2656 ochko bilan 89-o‘rinda, Javohir Sindorov 2651 ochko bilan 92-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE reytingida 18-o‘ringa ko‘tarilgan (+1).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi avgust oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Shu munosaba bilan O‘zbekistonda jamoa a’zolari: Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov “O‘zbekiston iftixori” unvoni, "Equinox" avtomobili va 600 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlangandi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 5 yoshida shaxmat o‘ynashga qiziqib qolgan va opasi hamda akasining o‘yinini kuzatish asnosida shaxmat sir-asrorlarini mustaqil o‘rgangan.
U 11 yoshida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning “TOP-100 o‘smirlar” qatoriga kirgan. 2021-yilda Polsha poytaxti Varshavada shaxmatning rapid yo‘nalishi (tezkor shaxmat) bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0