Maktab oshxonasi xodimlari qanday talablarga amal qilishi lozim?

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOrganizatsiya pitaniya v shkolax
Organizatsiya pitaniya v shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2022
Obuna bo‘lish
SSV ta’lim muassasalaridagi oshxonalarning xodimlari qanday talablarga rioya qilishi kerakligi haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maktab oshxonasi xodimlari amal qilishi kerak bo‘lgan tibbiy-gigiyenik talablar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ta’lim muassasalari ovqatlanish oshxonalari xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tish va kasbiy gigiyenik tayyorgarlikka turli xil talablar qo‘yilgan.
Xususan, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida xodimlar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi uchun oshxonada sharoitlar yaratilishi kerak.
Qo‘l yuvish uchun barcha ishlab chiqarish sexlarida issiq va sovuq suvlar o‘tkazilishi, ularni aralashtirish moslamasi bo‘lgan chanoqlari o‘rnatilishi zarur. Alohida sovun va shaxsiy yoki bir martalik sochiqlarni qo‘yadigan joy bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish vannalarida qo‘llarni yuvish mumkin emas.
Shuningdek, ovqatlanish oshxonalarida xodimlar uchun mo‘ljallangan maxsus ish kiyimlarini markazlashgan holda yuvishni tashkil qilish kerak.
Shamollash yoki oshqozon-ichak kasalliklari bezovta qilganda, o‘z oilasida ichak infeksiyalari bilan xastalanish qayd etilgan barcha holatlarda, shuningdek, yiringli yaralar, kesilishlar, kuyishlar haqida ishchi ma’muriyatni ogohlantirishi kerak va tibbiy yordam uchun murojat qilishi lozim.
Ichak infeksiyalari, terining yiringlashi, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bo‘lsa, biror joyi kuygan yoki kesilgan bo‘lsa, vaqtincha ishga qo‘yilmaydi. Faqat tuzalganidan so‘ng, tibbiy ko‘rik va shifokor xulosasiga qarab ishlashiga ruxsat beriladi. Oshxona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun aptechka bilan ta’minlanishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentning qaroriga muvofiq ayrim viloyatlar ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ikki mahal (nonushta va tushlik) issiq ovqat tashkil etish belgilangan. Kuni uzaytirilgan guruhlarda tahsil oluvchi bolalarga qo‘shimcha ikkinchi tushlik uyushtiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni 5-sentabrdan boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0