https://oz.sputniknews.uz/20220904/bola-nega-duduqlanadi-27768891.html
Bola nega duduqlanadi
Bola nega duduqlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘plab kasalliklarning shakllanishi insonlarning bolalik davri bilan bevosita bog‘liq. Xususan, o‘g‘il-qizlardagi duduqlanish yoki nutqiy buzilishlarga o‘z vaqtida... 04.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-04T21:53+0500
2022-09-04T21:53+0500
2022-09-04T21:53+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20982872_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_d5963d795014369bdc3467f4c1e8ad47.jpg
Xo‘sh, duduqlanish qanday xastalik? Uning oldini olish uchun nima qilish lozim? 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori Mavluda Tabibova bu savollarga javob berdi.“Duduqlanish — bolalarda ko‘p uchraydigan psixofiziologik murakkab nutq buzilishi. Bu holat tovushlar, bo‘g‘inlar yoki so‘zlarning takrorlanishi hamda cho‘zilishi shaklida namoyon bo‘ladi. Nutqda tez-tez to‘xtash yoki qat’iyatsizlik kuzatiladi. Xususan, bola ayrim so‘zlarni aytishdan oldin unli tovushlarga ko‘proq to‘xtaladi. So‘z va gaplarni aytayotganda o‘zi sezmagan holda majburan tutiladi. Gap boshida so‘zning birinchi bo‘g‘ini yoki o‘zini to‘liq qaytaradi. Gap boshlashdan oldin esa so‘zning birinchi harfini takrorlab qiynaladi. Qolaversa, ularda ichki duduqlanish ham uchraydi. Bunday paytda bola nima deyish kerakligini biladi-yu, ammo tiliga chiqara olmaydi”, - deydi shifokor.Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, nutq buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lib, asosan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan kichkintoylarda uchraydi. Shu bilan birga, bu muammo o‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda uch baravar ko‘proq tashxis qilinadi. Duduqlanishning rivojlanishida genetik moyillik muhim rol o‘ynaydi. Biroq homiladorlik paytida ayollarning o‘z salomatligiga yetarlicha e’tibor bermasligi, ayniqsa, gripp va shamollash kabi virusli kasalliklardan to‘liq davolanmaslik, turli dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish, onalarning zararli illatlarga ruju qo‘yishi, tug‘uruq davrida bola miyasining lat yeyishi ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin.Shuningdek, bola tug‘ilganidan keyin to uch yoshga to‘lgunga qadar og‘ir infeksion va endokrin kasalliklarga chalinishi; qattiq qo‘rquv; ota-onalarning yosh farzandi oldida baland ovozda janjallashishi; jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar; turli miya shikastlanishlari va boshqalar ham bu muammoni keltirib chiqaradi.“Bundan tashqari, oiladagi qat’iy nazorat, kichkintoylarga haddan ortiq talabchanlik qilish ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim ota-onalar esa jajji o‘g‘il-qizlariga kichikligidan aqliy yuklamlarni ko‘paytirib, uzundan uzun she’rlar yodlashga, qiyin so‘z va bo‘g‘inlarni talaffuz qilishga, xorij tillarini o‘rganishga majburlashadi. Bu ham kichkintoylarda nutqning buzilishiga olib keladi”, - deydi mutaxassis.Uning so‘zlariga ko‘ra. agar bolada duduqlanish kuzatilayotgan bo‘lsa, logoped yoki psixonevrolog kabi mutaxassis-shifokorlarga murojaat qilish lozim. Davolash muolajalari qancha erta boshlansa, kichikintoy shuncha tez va asoratsiz shifo topadi.Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar, oilada esa ota-onalar duduqlanuvchi bolaga to‘g‘ri, mustaqil va ravon so‘zlashi uchun imkon yaratib berishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, farzandning nutqi rivojlanayotgan davrda ularga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, salomatligiga doimiy e’tibor qaratish muhim.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20982872_505:140:2891:1929_1920x0_80_0_0_a58ff36ae9e12506bdc6657ab8e72fc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), bolalar
shifokorlar tavsiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), bolalar
Bola nega duduqlanadi
Ko‘plab kasalliklarning shakllanishi insonlarning bolalik davri bilan bevosita bog‘liq. Xususan, o‘g‘il-qizlardagi duduqlanish yoki nutqiy buzilishlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilmasa, bir umrlik nuqsonlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, duduqlanish qanday xastalik? Uning oldini olish uchun nima qilish lozim? 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori Mavluda Tabibova bu savollarga
javob berdi.“Duduqlanish — bolalarda ko‘p uchraydigan psixofiziologik murakkab nutq buzilishi. Bu holat tovushlar, bo‘g‘inlar yoki so‘zlarning takrorlanishi hamda cho‘zilishi shaklida namoyon bo‘ladi. Nutqda tez-tez to‘xtash yoki qat’iyatsizlik kuzatiladi. Xususan, bola ayrim so‘zlarni aytishdan oldin unli tovushlarga ko‘proq to‘xtaladi. So‘z va gaplarni aytayotganda o‘zi sezmagan holda majburan tutiladi. Gap boshida so‘zning birinchi bo‘g‘ini yoki o‘zini to‘liq qaytaradi. Gap boshlashdan oldin esa so‘zning birinchi harfini takrorlab qiynaladi. Qolaversa, ularda ichki duduqlanish ham uchraydi. Bunday paytda bola nima deyish kerakligini biladi-yu, ammo tiliga chiqara olmaydi”, - deydi shifokor.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, nutq buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lib, asosan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan kichkintoylarda uchraydi. Shu bilan birga, bu muammo o‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda uch baravar ko‘proq tashxis qilinadi. Duduqlanishning rivojlanishida genetik moyillik muhim rol o‘ynaydi. Biroq homiladorlik paytida ayollarning o‘z salomatligiga yetarlicha e’tibor bermasligi, ayniqsa, gripp va shamollash kabi virusli kasalliklardan to‘liq davolanmaslik, turli dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish, onalarning zararli illatlarga ruju qo‘yishi, tug‘uruq davrida bola miyasining lat yeyishi ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, bola tug‘ilganidan keyin to uch yoshga to‘lgunga qadar og‘ir infeksion va endokrin kasalliklarga chalinishi; qattiq qo‘rquv; ota-onalarning yosh farzandi oldida baland ovozda janjallashishi; jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar; turli miya shikastlanishlari va boshqalar ham bu muammoni keltirib chiqaradi.
“Bundan tashqari, oiladagi qat’iy nazorat, kichkintoylarga haddan ortiq talabchanlik qilish ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim ota-onalar esa jajji o‘g‘il-qizlariga kichikligidan aqliy yuklamlarni ko‘paytirib, uzundan uzun she’rlar yodlashga, qiyin so‘z va bo‘g‘inlarni talaffuz qilishga, xorij tillarini o‘rganishga majburlashadi. Bu ham kichkintoylarda nutqning buzilishiga olib keladi”, - deydi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra. agar bolada duduqlanish kuzatilayotgan bo‘lsa, logoped yoki psixonevrolog kabi mutaxassis-shifokorlarga murojaat qilish lozim. Davolash muolajalari qancha erta boshlansa, kichikintoy shuncha tez va asoratsiz shifo topadi.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar, oilada esa ota-onalar duduqlanuvchi bolaga to‘g‘ri, mustaqil va ravon so‘zlashi uchun imkon yaratib berishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, farzandning nutqi rivojlanayotgan davrda ularga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, salomatligiga doimiy e’tibor qaratish muhim.