Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimida juda uzoq vaqt o‘tirib qolgani aytdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Qodirov Checheniston rahbari lavozimida juda uzoq vaqt o‘tirib qolgani aytdi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimida juda uzoq vaqt o‘tirib qolgani, “cheksiz va uzoq ta’tilga” loyiq ekanini aytdi.
"Do‘stlar, bugun men hozirgi Rossiya Federatsiyasining hududiy subyektlari rahbarlari orasida "uzoq umr ko‘rgan" ekanligimni bilib oldim. Men o‘zim ham uzoq vaqt o‘tirib qolganimni payqadim. Men cheksiz va uzoq muddatga ta’tilga to‘liq loyiqman deb o‘ylayman. Umid qilamanki, siz meni qo‘llab-quvvatlaysiz va tushunasiz ", - dedi siyosatchi.
U 15-yil davomida respublikaga rahbarlik qilganini eslab, bir maqolni eslatdi.
"Biz, kavkazlik, chechenlarda, bir maqol bor: "Mehmon qanchalik hurmatli, uzoq kutilgan bo‘lmasin, agar u o‘z vaqtida ketsa, u holda <...> baribir yoqimli bo‘lishi mumkin." Shuning uchun, o‘ylaymanki, mening vaqtim ham keldi. Hali meni haydashmadi...<...> Biz allaqachon bu haqda o‘ylashni boshladik va o‘z vaqtida ketishga harakat qilamiz”, — dedi Qodirov videoda.
Qodirov 2007-yildan 2011-yilgacha keyinchalik bekor qilingan respublika prezidenti lavozimida ishlagan, keyin esa “respublika rahbari” bo‘lgan va shu kungacha shu lavozimni egallab kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0