Putin Erdog‘an bilan Samarqandda uchrashishga kelishib oldi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Ikki davlat rahbarlari 15-16 sentabr kunlari Samarqandda kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda ular bugungi telefon orali suhbatida kelishib oldi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Ikki davlat rahbarlari 15-16 sentabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda kun tartibidagi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilishga kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Turkiya prezidentlarining Sochi shahridagi uchrashuvi chog‘ida Vladimir Putin Erdog‘anni sentabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ShHT yig‘ilishiga taklif qilgan edi.
2021/2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston — kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0