O‘zbekiston nomini dunyoga tanitayotgan yoshlar

© Foto: Federatsiya shaxmat UzbekistanaNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Taniqli sportchilardan tortib musiqa sohasidagi yangi yulduzlargacha: O‘zbekiston madaniy diplomatiyasini rivojlantirayotgan o‘zbek yoshlari vakillari haqida so‘z yuritamiz.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Bugun sizga O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda balandlarga ko‘tarayotgan, Vatani nomini butun dunyoga tanitayotgan yoshlar haqida so‘zlab beramiz.
Nodirbek Abdusattorov — O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi, eng yosh grossmeysterlardan biri va tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni. U 5 yoshida shaxmat o‘ynashga qiziqib qolgan va opasi hamda akasining o‘yinini kuzatish asnosida shaxmat sir-asrorlarini mustaqil o‘rganib borgan.
Nodirbek 11 yoshida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning “TOP-100 o‘smirlar” qatoriga kirdi. 2021-yilda Polsha poytaxti Varshavada shaxmatning rapid yo‘nalishi (tezkor shaxmat) bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.
Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov boshchiligidagi shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yaqinda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ham zafar quchdi.
Alisher Sa’dullayev — O‘zbekiston hukumatining eng yosh a’zosi, hozirda u 28 yoshda. Sa’dullayev 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagan. 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Yoshlar masalalari agentligiga rahbarlik qilmoqda.
Shuningdek, 2022-yilda yosh bo‘lishiga qaramasdan unga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga raisi vazifasi ham yuklandi.
Andijon musiqa maktabi jamoasi — joriy yilning avgust oyida Andijon shahridagi 3-musiqa maktabining bir guruh o‘quvchilari Rossiyada ancha mashhurlikka erishdi. Gap shundaki, mazkur ta’lim muassasasi ikki marotaba O‘zbekistondagi eng yaxshi musiqa va san’at maktabiga aylangani bois, o‘quvchilari Moskvadagi xalqaro forumga taklif qilindi. O‘g‘il-qizlar Moskvada bo‘lib o‘tgan Bolalar madaniy forumida O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi.
Xullas, xalqaro forumda yosh raqqosalar Munavvarchehra Isoqova va Rayona Abdullayeva o‘zbek raqs san’atining bor go‘zalligini namoyish etdi, Rayona Ahmedova va Sardorbek Ulmasboyev jamoasi esa dutor hamda rubob chalishda, Adnona Akbarova rassomlik san’atida o‘zining mahoratini ko‘rsatdi.
“Tashkilotchilarning iliq kutib olishlaridan chin dildan xursand bo‘ldim. Ishonchim komilki, bu bolalar milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish hamda uni dunyoga yoyishga hissa qo‘shadi”, - deydi keyinroq Sputnik muxbiriga maktab direktori Munojat Isoqova.
Zuhriddin Qodirov – qilichbozlik bo‘yicha chempionatda jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik. Shu yilning aprel oyida BAAda kadetlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida Zuhriddin germaniyalik raqibini mag‘lub etgandi.
Biroq, sportchining o‘zi aytganidek, u g‘alabadan keyin katta eyforiyani boshdan kechirmadi, aksincha, u endi yanada ko‘proq mashq qilish kerakligini his qildi.
Barchinoy Qodirova — iyul oyida Tailandda o‘tkazilgan kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining kumush medali sohibasi. Biroq, qiz kumush bilan cheklanmadi. U o‘zi orzu qilgan oltinni olish istagida harakatni davom ettirdi va avgust oyida Bosniya hamda Gersegovinada o‘tkazilgan dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Fransiya va Italiya sportchilarini mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0