https://oz.sputniknews.uz/20220903/maktablardagi-ichimlik-suviga-qanday-sanitariya-talablari-qoyilgan-27746030.html
Maktablardagi ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?
Maktablardagi ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?
Sputnik O‘zbekiston
Maktablardagi ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?
2022-09-03T14:41+0500
2022-09-03T14:41+0500
2022-09-03T14:41+0500
jamiyat
maktab
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
suv
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556971_0:255:2737:1794_1920x0_80_0_0_bd927d5a911acc2cf666ac6e9889bd1b.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ta’lim muassasalaridagi ichimlik rejimi statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida tashkil etilishi kerak. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qayd etilishicha, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da ichimlik rejimini ta’minlovchi tashkilotlarga talablar belgilangan.Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suv bilan ta’minlanishi kerak.Shuningdek, o‘quvchilar ta’lim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Stansionar ichimlik favvorachalari 10 smdan kam bo‘lmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning bo‘lishi ham ko‘zda tutilishi kerak.Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u yetarli miqdordagi toza idishlar, shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bir martalik idishlarni to‘plash uchun maxsus konteynerlar bo‘lishi darkor.Ta’lim muassasasiga keltiriladigan qadoqlangan suvning sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjati bo‘lishi shart.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556971_2:0:2733:2048_1920x0_80_0_0_457b3c84b24b1e1e7e11d0b9a6792d95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
maktablardagi ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?
maktablardagi ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?
Maktablardagi ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suv bilan ta’minlanishi kerak.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ta’lim muassasalaridagi ichimlik rejimi statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida tashkil etilishi kerak. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da ichimlik rejimini ta’minlovchi tashkilotlarga talablar belgilangan.
Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suv bilan ta’minlanishi kerak.
“Ta’lim muassasasidagi ichimlik rejimi quyidagi shakllarda tashkil etilishi lozim: statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘quvchilar ta’lim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Stansionar ichimlik favvorachalari 10 smdan kam bo‘lmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning bo‘lishi ham ko‘zda tutilishi kerak.
Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u yetarli miqdordagi toza idishlar, shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bir martalik idishlarni to‘plash uchun maxsus konteynerlar bo‘lishi darkor.
Ta’lim muassasasiga keltiriladigan qadoqlangan suvning sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjati bo‘lishi shart.