Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli to‘liq to‘lab beriladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning kontrakt puli to‘lab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida keltirilgan.
Qayd etilishicha, har yili bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan to‘lab beriladi.
Bunda har bir hududdan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun to‘rt yillik kontrakt qoplab beriladi.
Buning uchun ariza oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.
Avvalroq, 2022/2023 o‘quv yilida davlat OTMlarining barcha bosqich (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmasligi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0