Amir Temur maqbarasida restavratsiya ishlari boshlandi

© Madaniy meros agentligi matbuot xizmatiAmir temur maqbarasi
Amir temur maqbarasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
“Amir Temur” majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari hamda peshtoq mukarnaslarini qayta ta’mirlash uchun 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi yuzasidan Amir Temur maqbarasida ta’mirlash-tiklash ishlari olib boriladi. Bu haqda Madaniya meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavratsiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar yordamida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida ma’qullangan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan “Amir Temur” majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari hamda peshtoq mukarnaslarini qayta ta’mirlash uchun 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Amir Temur maqbarasini restavratsiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin ya’ni 1941-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, 1996-yilda esa qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Olti asrlik tarixga ega Buyuk sarkarda sag‘anasida olib borilayotgan restavratsiya jarayonlari Madaniy meros agentligi nazorati ostida va malakali usta-restavrator, xattot, olim, injenerlar va boshqa soha mutaxassislarini jalb etilgan.
2021 yilda Eron va Turkiya davlatlaridan kelgan malakali mutaxassislar Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi moddiy madaniy meros obyektlarini o‘rganishgan. Ekspertlar tomonidan tarixiy obidalarning holati, ularda asrashga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan xulosalar berilgan. Hozirda amalga oshirilayotgan ishlar ham aynan xorijiy tajribani o‘rgangan holda, jahonning yetuk mutaxassislarining ilmiy asoslangan xulosalari asosida mahalliy usta-restavratorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Xorijiy tajribani o‘rgangan holda xorijiy ekspertlarning xulosalarini inobatga olgan holda mahalliy usta restavratorlar tomonidan ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0