Rossiyalik ekspert O‘zbekistonning eng muhim yutuqlarini sanab o‘tdi

© SputnikAndrey Grozin
Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis Andrey Grozin O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligi arafasida Sputnik uchun Respublikadagi eng muhim o‘zgarishlarni tahlil qildi.
TOShKENT, 1sen - Sputnik. Besh yil avval O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,6 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yil oxirida respublika bu ko‘rsatkichni 42,1 milliard dollarga yetkazdi. Respublikaning iqtisodiy taraqqiyotga erishishga bir qator muhim islohotlar yordam berdi, deydi MDH davlatlari instituti Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Andrey Grozin.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan eng muhim islohotlar quyidagilardan iborat.

Iqtisodiy ilohotlar

1.
Valyuta ayirboshlashni erkinlashtirish
2.
Soliq islohoti. Tariflar qayta ko‘rib chiqildi, biznes uchun jiddiy yengilliklar va imtiyozlar berildi.
3.
Iqtisodotni tashqi bozorlar uchun "ochilishi". Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston faqat o‘z imkoniyati bilan rivojlantirishga harakat qilgan edi. Sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari bilan sanoat aloqalari uzilib qolgan o‘sha davrlar uchun bunday iqtisodiy siyosat maqbul bo‘lgan bo‘lsa-da keyingi yillarda u iqtisodini jiddiy cheklab qo‘ygan edi.

Siyosiy islohotlar

Qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaxshilash. So‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik o‘rnatish, qo‘shni besh respublkalar aloqalarini iliqlashtirishga uchun juda katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston olib borayotgan tashqi siyosat barcha qo‘shni davlatlar tomonidan ijobiy kutib olindi. Buning natijasida barcha iqtisodiy aloqalar ham rivojlanishi uchun kuchli turtki oldi. Natijada biz hozir hududning logistik va iqtisodiy aolqalarining qayta tiklanayotganining va rivojlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Bundan O‘zbekiston ham iqtisodiy ham bo‘lajak rivojlanish va yangilanish uchun qo‘shimcha impuls olmoqda.
O‘zbekiston Moskva, Brussel, Vashington, Pekin va Anqarada joylashgan dunyo kuch markazlari bilan bir maromdagi yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqda.

Grozin xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini juda pragmatik ravishda olib bormoqda. U har bir davrada o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish tutmoqda. Ya’ni har qanday xalqaro tashqilot doirasidagi hamkorlikda O‘zbekiston o‘zining ichki iqtisodiy, logistik va ijtimoiy salohiyatidan to‘liqroq foydalanishga harakat qilmoqda va bunday siyosat o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. "Menimcha, yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti ham buning yana bir dalili bo‘ladi", - dedi Grozin.

Ijtimoiy islohotlar

Fuqarolik muhitining yaxshilanishi. Maoshlar oshishi, mahalliy boshqaruv tizimlariga e’tiborning kuchayishi va boshqa islohotlar O‘zbekistonda ijtimoiy muhitni yaxshilashga hissa qo‘shayotgani ham aytib o‘tildi.

Rossiya bilan hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni Grozin juda tez rivojlanayotgan va o‘zaro ishonchga asoslangan deb baholadi.
Xususan Grozin, O‘zbekiston Rossiya OTMlarining eng ko‘p filiallari joylashgan respublika ekanini qayd etdi. Shuningdek, bular Rossiyaning eng yetakchi oliygohlari filiallari ekani ham aytib o‘tildi.
Undan tashqari Rossiya biznesi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim sohalariga investitsiyalar kiritayotganini va ularning rivojiga hissa qo‘shayotgani ham aytib o‘tildi.
Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashda, harbiy-texnik sohada ham xavfsizlik sohalarida samarali hamkorlik qilayotgani qayd etildi.
Sputnik videosida Andrey Grozin bilan suhbatning to‘liq versiyasini tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0