Rossiyada mehnat migrantlariga bepul tibbiy xizmatlar olish huquqi berilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishSentr testirovaniya trudovix migrantov v Rostove-na-Donu
Sentr testirovaniya trudovix migrantov v Rostove-na-Donu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
Shu kunga qadar mehnat migrantlari faqat DMS polislari rasmiylashtirishi va cheklangan tibbiy xizmatlar olishi huquqiga ega edilar.
TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Rossiyada 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab mehnat migrantlariga majburiy tibbiy sug‘urta polisi (OMS) rasmiylashtirish huquqi beriladi. Bu haqida IIVning migratsiya boshqarmasi FZ-239 va FZ-240 sonli federal qonunlarga kiritilgan o‘zgarishlarga asoslanib xabar qilmoqda.
Rossiya Federatsiyasida vaqtincha ishlaydigan chet el fuqarolari va doimiy yashovchi yuqori malakali mutaxassislar majburiy tibbiy sug‘urta (bepul tibbiy yordam) tizimida sug‘urtalangan shaxslarga aylanadilar. Ya’ni ular OMS polislari olish huquqiga ega bo‘ladi, - deyilgan xabarda.
OMS (Obazatelnoe meditsinskoe straxovanie) - bu umumrossiya tibbiy sug‘urta tizimi bo‘lib shu kunga qadar bunday polis faqat Rossiya Rossiya fuqarolariga berilar edi. Uning doirasida fuqarolar qator tibbiy xizmatlarni bepul olish huquqiga ega.
Mehnat migrantlari shu kunga qadar faqat DMS (Dobrovolnoe meditsinskoe straxovanie) polislari rasmiylashtirishi huquqiga ega edilar. DMS polislari odatda ambulatoriya tibbiy yordami, favqulodda xirurgiya va repatriatsiya xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
2023 yildan boshlab Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati olib borayotgan shaxslarni ishga qabul qilishda ulardan DMS polisi talab qilinmaydi. Ular uch yil davomida sug‘urta to‘lovlarini to‘laganidan so‘ng, Rossiyada ishlayotgan chet el fuqarolari OMS polisi bo‘yicha tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan chet el fuqarolariga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va onalik ta’tili munosabati bilan majburiy tibbiy sug‘urta (OMS) bo‘yicha kafolatlar taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0