Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya kuchlari ZAESni egallamoqchi bo‘lgan Ukraina desantini yo‘q qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES
Zaporojskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Zaporojyega kelgach, missiya xavfsiz bajarilishiga ishonch bildirdi. Ayni damda , agentlik xodimlari allaqachon ZAES yo‘nalishida jo‘nab ketishgan.
TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporoje atom elektr stansiyasi yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining desantini yo‘q qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Moskva vaqti bilan soat 07:00 atrofida Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalari Zaporijye atom elektr stansiyasidan bir necha kilometr uzoqlikda, Vodanoe aholi punkti yaqinida Nikopol tomonidan ikkita barjada kelgan Ukraina taktik desant kuchlarini yo‘q qildi", - dedi vazirlik.
Harbiylar Ukraina qo‘shinlarining transport vositalarini cho‘ktirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlari MAGATE delegatsiyasining Zaporojye AESga rejalashtirilgan tashrifi arafasida Energodarni o‘qqa tutishi bir necha bor kuchaydi. Oxirgi 24 soat ichida shaharga Ukraina tomoni uchuvchisiz apparatlar va artilleriya yordamida 60 dan ortiq zarbalar berdi. Zarbalar oqibatida o‘tgan kunda 3 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi. Snaradlardan biri bolalar bog‘chasidan yuz metrcha uzoqlikda portlagan.
MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Zaporojyega kelgach, missiya xavfsiz bajarilishiga ishonch bildirdi. Ayni damda , agentlik xodimlari allaqachon ZAES yo‘nalishida jo‘nab ketishgan.
Ukrainani denaziyalashtirish va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Zaporojye viloyatining Azov dengizi qismini va butun Xerson viloyatini nazorat ostiga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni egallab oldi va Ukrainani dengizdan uzib qo‘ydi. Rossiya nazorati ostiga o‘tgan hududlarda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari eshittirilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Mintaqalar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0